23:30 / 01.12.2021
2 326

Sho‘rvani ratsionga kiritish qanchalik muhim?

Sho‘rvani ratsionga kiritish qanchalik muhim?
Foto: Harper’s Bazaar
Birinchi taom sifatida dasturxonga tortiladigan sho‘rva salomatlik uchun chindan ham foydali hisoblanadi. Qolaversa, uni muntazam ravishda iste’mol qilish vaznning me’yorda bo‘lishiga ham yordam beradi. Harper’s Bazaar nashri uning organizmga yana qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Suyuq taom iste’moli organizmdagi suvsizlanish xavfini kamaytiradi. Albatta bir kosa sho‘rva kunlik suv me’yorini qoplamasligi mumkin, ammo statistikaga ko‘ra, uni muntazam ravishda iste’mol qiladigan kishilar organizmda suv tanqisligidan aziyat chekmaydi. Vegetarian bo‘lmaganlarga yoshlik oqsili — kollagen koni hisoblangan go‘sht va suyak qaynatib tayyorlangan sho‘rvani iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bulon qancha uzoq qaynasa, kollagen konsentratsiyasi shuncha yuqori bo‘ladi. Ushbu oqsil suyak va bog‘imlar salomatligi va teri go‘zalligi uchun muhim sanaladi.

Parhezshunoslar sho‘rvani turli mahsulotlar qo‘shib tayyorlash, iloji boricha sabzavotlarni ayamaslikni maslahat beradi. Don va dukkakli mahsulotlarni ham solishdan tiyilmaslik kerak. Dukkakli mahsulotlar organizmni miya va yurak-qon tomir uchun muhim bo‘lgan o‘simlik oqsili hamda mikroelementlar bilan ta’minlaydi. Nafaqat vitaminlar, balki omega-3 yog‘ kislotasining koni ekani sabab baliqli sho‘rva ham, ayniqsa, foydalidir.

Sho‘rva butkul parhezbop hisoblanadi. Bulon hisobiga sho‘rvaning kaloriyasi 100 grammga kamayadi. Ikkinchidan, suyuqligi uchun qorinni to‘q tutib, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Natijada odam semirib ketmaydi. PLOS ONЕ jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, doimiy ravishda sho‘rva iste’mol qiladigan kishilar ortiqcha vazndan 40 foiz kamroq aziyat chekadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sho‘rvani ratsionga kiritish qanchalik muhim?