Majburiy ijro byurosi Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo sudining 10.06.2021 yildagi 2-1102-2104/4000-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi davlat foydasiga 920 000 000 so‘m soliq qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib olingan javob xatlariga ko‘ra qarzdorning tashkilotning nomidagi “Captiva” rusumli avtotransport vositasi ro‘yxatga olinganligi aniqlangan.
Shuningdek, Qonunning 21,48,87-moddalariga asosan qarzdor korxonaning barcha hisob raqamlariga davlat ijrochisining qarori bilan band solingan hamda inkasso topshiriqnomasi ijro qilishlik uchun yuborilgan.
Shuningdek, qarzdorning ijro xujjatida ko‘rsatilgan manzili ya’ni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Mustaqillik ko‘chasiga chiqilganda, qarzdor tashkilot faoliyat ko‘rsatmasligi aniqlangan va shu xaqida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport avtotransport vositasi Toshkent shaxar Yunusobod tuman hududida harakatlanayotgan vaqtida davlat ijrochilari tomonidan xolislar ishtirokida xatlanib, jarima maydoniga qo‘yilgan.
Hozirda mazkur avtotransport vositasini realizatsiya qilish choralri ko‘riloqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi