«O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolangani haqida xabar berilgan edi. Farmon bilan 2022—2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan.
Strategiya mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha huquqiy, uslubiy, ilmiy, tashkiliy choralarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni o‘z ichiga olgan.
Unga ko‘ra, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari va internet tarmog‘idan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlarini obro‘sizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtiriladi.
Shuningdek, internet tarmog‘ida jamoat xavfsizligi uchun xavf tug‘diradigan tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tashkiliy-metodik asoslar va harakatlar mexanizmlari yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi