16:23 / 02.12.2021
3 214

Surxondaryo chegarasida Fransiya fuqarosi ushlandi

Surxondaryo chegarasida Fransiya fuqarosi ushlandi
2021 yil 26 noyabr kuni soat 19:00 larda Surxondaryo viloyati DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qism chegara naryadi va tezkor xodimlari tomonidan Fransiya fuqarosi T.M. O‘zbekistondan Afg‘onistonga chiqib ketish maqsadida, Termiz tumani hududidagi temir yo‘l orqali piyoda tarzda noqonuniy ravishda davlat chegarasidan o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari chiqishib, fuqaroni xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unga tegishli bo‘lgan kulrang ryukzak sumkasi ichidan 26 dona Topalgic 50 mg tramadol nomli tabletkalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo chegarasida Fransiya fuqarosi ushlandi