Kelgusi yildan ijtimoiy ahvoli og‘ir xotin-qizlar, chin yetimlar va nogironligi bo‘lganlarga, ikkilamchi bozordan ham uy-joy olishlariga imkoniyat yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev sohaga bag‘ishlangan videoselektor davomida ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, yangi qurilgan uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularni rasmiylashtirish, subsidiya va kredit ajratish xizmatlarini bitta joyda ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.
«Odamlarimiz qaysi hududda yoki qaysi quruvchida maqsadli ipoteka shartlariga to‘g‘ri keladigan xonadon bor deb, o‘ylanib yurmasligi kerak. Shu bois, bir oy muddatda Ortiqxo‘jayev poytaxtning kamida 5 ta, viloyat hokimlari esa 2 tadan hududda barcha xizmatlarni jamlagan markazlar tashkil qilsin», — deya topshiriq berdi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?