Foto: «Eatthis.com»
Amerikalik diyetolog Laura Burak organizm uchun eng zararli va qad-qomat uchun xavfli nonushtani ma’lum qildi. Bu haqda Eat This, Not That nashri xabar bermoqda.
Burakning so‘zlariga ko‘ra, tarkibida qand ko‘p bo‘lgan nonushta eng yomoni hisoblanadi. Ponchik, blinchik va keks shular jumlasidan.
Uning fikricha, qand ko‘rinishidagi «bo‘sh kaloriyalar»ni iste’mol qilish qonda xolesterin miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, shirin nonushtada organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil va to‘qimalar bo‘lmaydi. Shu bois to‘qlik hissi juda tez o‘tib ketadi.
Shifokor nonushtaga shirin pishiriqlar o‘rniga suli bo‘tqasini iste’mol qilishni va unga oqsil qo‘shishni taklif qiladi. Shuningdek, u avokado, qaynatilgan tuxum va qora nonni foydali mahsulotlar sirasiga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»