12:07 / 03.12.2021
3 853

Havo harorati -8 darajagacha pasayib ketishi kutilyapti

Havo harorati -8 darajagacha pasayib ketishi kutilyapti
Respublika Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Ertaga Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni pasayadi va kechasi 5-10° iliqni, kunduz kuni 9-14° iliqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shu kunning me’yoriy qiymatlariga nisbatan yanada pasayadi va kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 5-10° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqgacha, kunduz kuni 0-5° sovuqgacha bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Havo harorati -8 darajagacha pasayib ketishi kutilyapti