20:50 / 03.12.2021
2 131

MIB Zafarobodda davlat korxonasi foydasiga 1 mlrd. 446 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi

MIB Zafarobodda davlat korxonasi foydasiga 1 mlrd. 446 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi
Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi foydasiga jami 1 mlrd. 446 mln. so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuboriladi.
Qarzdor tomonidan ijro xujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik so‘mmasi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor korxona tomonidan undiruvchi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi foydasiga jami 1 mlrd. 446 mln. so‘m to‘liq undirilib, ijro hujjati ijrosi amalda Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan ish yuritishdan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Zafarobodda davlat korxonasi foydasiga 1 mlrd. 446 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi