Kadr: Videodan skrinshot
Deputat Rasul Kusherbayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qora ko‘zoynak taqqan holda qatnashdi. Palata tarixida ilk bor onlayn efirda namoyish etilgan majlisdagi ushbu holatga ko‘pchilik e’tibor qaratdi. Deputatning o‘zi «Daryo» muxbiri bilan suhbatda shu masalada unga o‘zining yaqinlari ham juda ko‘p yozganini bildirdi.
Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, u ko‘zida qizarish va shish borligi uchun majlisda qora ko‘zoynak taqib qatnashishga majbur bo‘lgan.
«Bir oycha avval ko‘zimga yara chiqqandi. Qizarish va shishlar bor. E’tibor bermay yurgandim. Hozir davolanyapman. Ko‘zoynakni ham bir haftadan buyon taqib yuribman. Uyda o‘tirib, dam olsam ham bo‘lardi. ‘Ko‘zi og‘rigani uchun ham yotib olibdi’, degan gaplar bo‘lmasin deb ishga chiqdim. Boz ustiga ish ham ko‘p», — dedi deputat.
«To‘g‘risi, o‘zimga ham ‘yig‘ilishda ham qora ko‘zoynak taqib o‘tiribsizmi?’, ‘bu hurmatsizlik hisoblanmaydimi?’, ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’, deb yozganlar bo‘ldi. Yorug‘da ishlashga ozroq qiynaldim, shu bois ko‘zoynak taqishga majbur bo‘ldim. Bir-ikki kunda ko‘zoynakdan xalos bo‘laman», — deya qo‘shimcha qildi Rasul Kusherbayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?