12:00 / 04.12.2021
2 085

Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli

Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli
Foto: «Domashniy ochag»
Idishlarni yuvishda gubkalar bekajonlarning eng yaxshi yordamchisi bo‘lib, ularni mukammal tozalaydi, yuzadagi dog‘larni bartaraf etadi. Lekin gubkadan faqat yuvish va tozalash bilan cheklanmaslik kerak, ularning yashirin imkoniyatlaridan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.

Sviterlardagi katishkalarni tozalaydi
Eskirgan sviterlardagi katishkalarni tezda olib tashlash uchun skrab-gubkada tozalash tavsiya etiladi. Mato yuzasidagi sochlarni ham gubka yordamida bartaraf etish mumkin.

Xonaki gullarni sug‘orish mumkin
Agar gul tuvagiga gubka qo‘yilsa, u sug‘orish paytida ortiqcha suvni shimib oladi. Bu juda ko‘p namlik tufayli ildiz chirishining oldini olishga yordam beradi. Agar o‘simliklarni vaqtida sug‘orish unutilsa, gubka zaxira sifatida xizmat qilishi mumkin. Buning uchun gubkalarni suv bilan yaxshilab namlash va gul idishlarga joylashtirish kerak.

Gilamdan soch tolalarini tozalaydi
Nam gubka gilam yoki poldan uy hayvonlari yunglari va soch tolalarini tozalashga yordam beradi.

Oziq-ovqat uchun muz
Nam gubkani kichik paketga joylashtirib, bir kechaga muzlatgichga qo‘yiladi. Ertasi kuni ertalab sovutish elementi tayyor bo‘ladi. Issiq havoda uni tushlik qutisiga yoki sovutish uchun oziq-ovqat va ichimliklar sumkasiga solib qo‘yish mumkin. Ushbu ixtironing foydasi shundaki, muz erishi bilan suyuqlik paketdan oqib chiqmaydi.

Xavfsiz yostiqchalar
Shisha, chinni yoki keramikadan yasalgan nozik buyumlarning osongina shikastlanadigan joylarini gubkalar bilan himoya qilish mumkin.

Mog‘ordan asraydi
Soyabon qo‘yiladigan joy namlik tufayli mog‘or bosmasligi uchun gubka qo‘yish lozim. U joyni yuvishdan ko‘ra, gubkalarni almashtirish ancha oson.

Tirnoq bo‘yog‘ini tozalaydi
Ushbu kichik layfxak paxta yostiqchalarini tejashga yordam beradi. Gubka qopqoqli kichik idishga joylashtiriladi va unga lak tozalash vositasi quyiladi. Lakni tozalash uchun tirnoq gubkaga botirilib, bir necha marta aylantiriladi. Idish yopiq holda saqlanishi kerak, shunda atseton uchib ketmaydi.

Sirtlarni chiziqdan himoya qildi
Stol yoki mebel ustiga biror buyum qo‘yishdan avval, ularning ostiga gubkani yupqa kesib qo‘yish lozim.

Derazalardagi yoriqlarni yopish mumkin
Agar uyning sovuqligi derazalardagi yoriqlar sababli bo‘lsa, ularni gubka bo‘laklari bilan yopish mumkin.

Bolalar uchun o‘yinchoq
Buning uchun turli rangdagi gubkalar bir xil bo‘lakda kesib chiqiladi. So‘ngra ular birlashtirilib, o‘rta qismi ip yoramida bog‘lanadi. Shuningdek, bir xil bo‘lakdagi gubkalardan uy, mashina yoki boshqa o‘yinchoqlar ham yasash mumkin.

Foto: «Domashniy ochag»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli