Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nima uchun Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaganini aytdi.
“Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risida referendum o‘tkazildi. Biz Qrimni Rossiyaniki deb tan olmadik, chunki u holda Janubiy Osetiya, Abxaziya, Kosovoni ham tan olishga to‘g‘ri kelardi”, — dedi u amerikalik rejissyor Oliver Stounga berilgan intervyuga asoslangan “Qazaq. History of The Golden Man” filmida.
Shu bilan birga, Nazarboyev Qozog‘iston o‘shanda Ukrainani ham qo‘llab-quvvatlamaganini aytdi.
“Bularning barchasi Kiyevda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishi sababli yuz berdi. Ukrainani yaxshi ko‘raman, men u yerda o‘qiganman va bo‘lib o‘tayotgan voqealardan xavotirlanaman”, — dedi u.
2014-yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatchilik tan olmaydi.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qrim “amalda va yuridik jihatdan Rossiyaga tegishli” ekanini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi