23:04 / 06.12.2021
3 955

Yulduz Usmonova prezident bilan gapi bir joydan chiqqani va yangi biznes boshlayotgani haqida

Yulduz Usmonova prezident bilan gapi bir joydan chiqqani va yangi biznes boshlayotgani haqida
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Sevimli» telekanalining «Mashhurlar» loyihasida bizneslari hamda tadbirkorlikda asosan nimalarga e’tibor qaratishi haqida so‘zlab berdi.

«Sergelida tikuv fabrikasini ochganmiz. Ishchilar ishlaydi. Men ziyonda ishlayman o‘sha sexda. Lekin uni yopmayman. Yopsam u yerda ishlaydiganlar ishsiz qolib ketadi. 100 dan ortiq odam ishlaydi. O‘shalar uchun ishlatib turibman. Fabrika oldin Algoritmda edi. O‘zim ham borib ishlab turardim. Sergeliga ko‘chgandan keyin borolmay qoldim. Buyam bir ehson, buyam bir yordam. Tap etib, yopib qo‘ysam, ziyonsiz o‘tiraman, lekin xodimlar ishsiz qoladi. Lekin bir xil paytda o‘sha yordam kerak», — deydi Yulduz Usmonova.

Shuningdek, xonanda biznesning asosiy qoidalar haqida ham gapirib o‘tdi: «Bir joyni ochgandan keyin siz faqat uning puliga qarab qolmaysiz. Har bir biznes yutqizishga tayyor holda boshlanadi. Yangi ishingiz uch yil sizga hech narsa bermaydi. Biznesning shunday qoidasi bor. Uch yil uning foydasiga ko‘z tikmaysiz. O‘n so‘mlik biznes qilsangiz, kamida orqasida 100 so‘m turishi kerak».

Yulduz Usmonova, shuningdek, yaqinda tibbiy klinika ochayotgani haqida ham gapirib, nega aynan o‘zini biznesning bu yo‘nalishida sinab ko‘rayotgani sababini ham oshkor qildi.

«Bog‘cha ochib qo‘yib, pul ishlasam bo‘lardi. Bog‘cha va maktab ochganimda pul tayyor edi. Lekin men unday qilmadim. Pulni menga o‘z kasbimdan berib turibdi, Xudoyim. Xursand bo‘lganim, prezidentimiz bilan bizning fikrimiz bir joydan chiqib, oldindan harakat qilganimga rosa quvondim. Imkon qadar bir narsalar ochish kerak. Shuning uchun o‘sha yerda klinika bo‘lsa, kimningdir tishi og‘riydi, kimningdir bolasi isitmalaydi. Klinika 24 soat ishlaydigan bo‘lsa, chiqaveradi odamlar. U yerda dorixonalar bo‘ladi, imkon qadar nima qo‘limizdan kelsa, qilamiz», — deydi Yulduz Usmonova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yulduz Usmonova prezident bilan gapi bir joydan chiqqani va yangi biznes boshlayotgani haqida