3 597
Surxondaryodagi portlash joyiga Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasi binosida chaqnash sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.
FVV xabar berishicha, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da o‘chirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo‘lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi