23:57 / 07.12.2021
1 916

Shavkat Mirziyoyev konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahbusni afv etdi

Shavkat Mirziyoyev konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahbusni afv etdi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi arafasida 182 nafar mahbusni muddatdan avval ozod qildi. Bu haqda Prezident bayram munosabati bilan mamlakat aholisiga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.

Bayram tabrigida qayd etilishicha, inson huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadigan sud tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, nazorat instansiyasi bekor qilinib, fuqarolar va advokatlarning shikoyatlari ham, xuddi prokuror protesti kabi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘riladigan tartib o‘rnatildi.

Ta’kidlanishicha, ilk bor mansabdorlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turadigan ma’muriy sudlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ular orqali 2021 yilning o‘zida 6,5 mingdan ortiq fuqaro va tadbirkorning huquqlari tiklandi. Iqtisodiy va fuqarolik sudlarida prokurorning ishtiroki cheklandi, jinoyat ishlarini asossiz ravishda suddan chaqirib olish bilan bog‘liq amaliyotga barham berildi. Xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat arbitraji faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

«Advokatlarning vakolatlari kengaytirilmoqda, Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsman tomonidan tashkil etilgan jamoatchilik guruhlari o‘z vazifasini samarali amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bu yil 4 mingdan ortiq shaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgani, 859 nafar shaxs oqlangani sud-tergov sohasidagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir.

Xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va oliyjanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga qat’iy o‘tgan shaxslarga nisbatan afv instituti muntazam qo‘llanmoqda. Shu boradagi ishlarimizning davomi sifatida Konstitutsiya kuni arafasida yana bir farmonga imzo chekdim. Unga ko‘ra, shu toifaga mansub 182 nafar shaxs muddatidan oldin ozod qilinib, erkin hayotga qaytarilmoqda
», – deyiladi tabrikda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahbusni afv etdi