23:03 / 07.12.2021
2 142

Biznes boshlamoqchi bo‘lgan sobiq mahkumlarga davlat pul beradi

Biznes boshlamoqchi bo‘lgan sobiq mahkumlarga davlat pul beradi
O‘zining aniq tadbirkorlik loyihasini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan sobiq mahkumlarga Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasidan 10 million so‘mgacha bir martalik moddiy yordam beriladi. Bu haqda prezident tabrigida aytilgan.

«Hozirgi kunda koloniyalardagi mahkumlarning qariyb 80 foizi mehnatga jalb etilgan bo‘lsa-da, ularning ishlagan yillari umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanmaydi va pensiya tayinlashda inobatga olinmaydi. Ijtimoiy adolat tamoyiliga to‘g‘ri kelmaydigan bunday cheklovning bekor qilinishi mahkumlar tomonidan moliyaviy muhtojlik tufayli takroran jinoyat sodir etishning oldini olishga xizmat qilgan bo‘lur edi.

Shuningdek, jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish uchun «dastlabki yordam paketi» tizimi joriy etiladi. Xususan, o‘zining aniq tadbirkorlik loyihasini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan sobiq mahkumlarga Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasidan 10 million so‘mgacha bir martalik moddiy yordam beriladi.

Taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda uning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiramiz. Bu borada davlat idoralari bilan birga, keng jamoatchilik, ayniqsa, fuqarolik jamiyati institutlarining kuch va salohiyatidan samarali foydalanishga jiddiy e’tibor qaratamiz
», deyiladi prezident tabrigida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biznes boshlamoqchi bo‘lgan sobiq mahkumlarga davlat pul beradi