17:50 / 08.12.2021
2 560

Xonadondan hamisha xushbo‘y hid taralib turishi uchun nima qilish kerak?

Xonadondan hamisha xushbo‘y hid taralib turishi uchun nima qilish kerak?
Foto: «Domashniy ochag»
Uyning doimiy hidi ichkarida bilinmasligi mumkin, lekin tashqaridan kirgan odam uchun bu aniq seziladi. Buning oldini olish uchun yoqimsiz hidning barcha mumkin bo‘lgan manbalarini yo‘q qilish kerak.

Qaynatilgan suv
Oddiy va samarali layfxak: sitrus meva, lavanda va yalpizni suvga solib, qaynatiladi. Natijada aralashmaning yoqimli ifori butun uy bo‘ylab tarqaladi.

Yangi ifor
Qaynayotgan suvga har qanday mahsulotlarni qo‘shish mumkin: dolchin, quritilgan olma yoki hidi yoqimli bo‘lgan boshqa mahsulotlar. Tanlov har kimning o‘ziga bog‘liq.

Foto: «Domashniy ochag»
Santexnikaning tozaligi
Rakovina quvurining tiqilib qolishi ko‘pincha oshxonada yoqimsiz hidlarning koni hisoblanadi. U bilan kurashishning eng samarali usuli, albatta, quvurlarni o‘z vaqtida tozalashdir. Bunda limonli sovun vaqtincha yordam berishi mumkin: quvur ichiga bir bo‘lak sovun qo‘yib, suv oqiziladi.

Xushbo‘y hidli shamlar
Xushbo‘y shamlarni yoqishning hojati yo‘q, shunchaki ularni odatda yoqimsiz hid kelayotgan joyga – choyshab yoki shkaf ichiga qo‘yish mumkin.

Xonaki gullar
Ular uyni bezatibgina qolmay, balki undagi havoni ham tozalaydi. Geran, jasmin, evkalipt, gortenziya, orhideya iforlari eng yaxshi tanlov.

Avtomobil havosini tozalash vositasi
Undan foydalanish mashinada bo‘lgani kabi bir xil: vosita ventilyatsiya panjarasiga joylashtiriladi. Natijada uyga yoqimli hid tarqaladi.

Mazali pishiriqlar
Yangi pishirilgan qandolat mahsulotlarining xushbo‘y hidiga hech narsa teng kelmaydi, bu pechni yoqish uchun ham qo‘shimcha rag‘batdir. Dolchinli bulochka yoki bananli nonlar uy uchun eng yaxshi ifordir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonadondan hamisha xushbo‘y hid taralib turishi uchun nima qilish kerak?