20:08 / 08.12.2021
1 969

Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan «Aviasozlar» bozorida poytaxt IIBB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 4 dekabr kuni o‘tkazilgan reyd davomida sotuvchilarning birida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi. Bu haqda «Toshkent» telekanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, sotuvchida ushbu go‘sht kelish chiqishi va sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ham bo‘lmagan.

«Go‘sht birgina hidi bilan sanitariya normalariga javob bermasligi bilinib turibdi. Ekspertiza natijalaridan so‘ng ushbu holat yuzasidan yakuniy xulosa berishimiz mumkin. Iste’molga yaroqsiz go‘shtni sotishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslar ma’muriy javobgarlikka, ayrim hollarda mahsulotdan jabr ko‘rgan xaridorlar aniqlangan taqdirda esa jinoiy javobgarlikka ham tortiladi», — degan Toshkent shahar IIBB karantin xizmati bo‘limi komandiri G‘ulom Elmurodov.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, go‘sht kabob qilish maqsadida olib kelingan. Muzlatkich ishlamagani sababli hidlanib qolgan.

Toshkent shahar IIBB barcha sotuvchilarni go‘sht xarid qilishda ogoh bo‘lishga, sotuvchidan mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjat talab qilishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi