00:40 / 09.12.2021
7 560

Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi

Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi
Mart oyida «Qadam» serialidagi Kumush obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan aktrisa Kamila Gimandinova YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida taniqli aktyor va rejissyor Said Muxtorovning unga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlari haqida so‘zlab bergan edi.

Aktrisaning aytishicha, Said Muxtorov niyatiga yeta olmagan. Shu voqeadan so‘ng Kamila kino sohasidan sovigan va uzoqlashgan.
Rejissyor va aktyor Said Muxtorov «Chotki TV» YouTube kanaliga bergan intervyusida Kamilaning ushbu aybloviga munosabat bildirdi.

«Musulmonlarning ichida kofirona fikrlaydiganlar bor haligacha. Haligacha Amir Temurga qarshi odamlar bor. Uni bosqinchi, kallakesar deydiganlar bor. Shulardan kelib chiqib, mening u qizga aytadigan gapim: ‘Ko‘chadan tug‘gan farzandingga kelib domla azon aytgan bo‘lsa, shu bolang kun kelib senga jazongni beradi’. Bu qizga shu gapi uchun javob ham berganim yo‘q. Men uni Allohimga topshiraman. Unda na fikr bor, na isbot bor va na aql. Kim buni pesh-peshlagan? Buni ham aniqlab, joyiga qo‘yadigan Alloh. Xalqning oldida yuzim yorug‘ bo‘lib gapiraman», — deydi Said Muxtorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi