18:29 / 17.09.2016
10 380

Ish vaqtida uyqu kelsa, nima qilish kerak?

Ish vaqtida uyqu kelsa, nima qilish kerak?

Ish vaqtida uyqu kelib qolishi barchaga yaxshi tanish bo‘lsa kerak. Shunday paytlar bo‘ladiki, ish paytida ko‘zlaringiz o‘zingizga bo‘ysunmay yopilib ketadi, miya har qanday vazifani rad etadi. Afsuski, ish beruvchilarning hammasi ham bu vaziyatni to‘g‘ri baholamaydi: ular ovozlarini baland ko‘tarib, xodimning maoshini qisqartirishni aytib, tahdid qilishlari hech gap emas. Xo‘sh, bunday vaziyatda uyqu bilan kurashish uchun nimalar qilish lozim?

Sovuq suv

Qahva emas, aynan sovuq suv (muz qo‘shilgan bo‘lsa yanada yaxshi) sizni ancha tetiklashtiradi. Bundan tashqari sovuq suv organizmni etarli regidrasiya bilan ta’minlaydi va metabolizm tezligini oshiradi.

O‘zingizni ishontiring

Fikrlash kuchi mo‘’jizalarga qodir. Uyqu haqidagi o‘ylarga berilishning o‘rniga o‘zingizni kuch-quvvatga to‘la ekanligingiz va ishlash istagida yonayotganligingizga ishontiring. To‘g‘ri, bu biroz g‘alati eshitilishi mumkin, lekin siz urinib ko‘ring va bu usulning foyda berishiga ishonch hosil qiling.

Meditasiya

Meditasiyani eng yaxshi tetiklashtiruvchi vositalardan biri, deb atashimiz mumkin. 15 daqiqalik to‘g‘ri nafas olish mashqlari miyaga dam berish, organizmni kislorod bilan to‘yintirish va ish jarayonida diqqatni jamlash uchun uchun etarli bo‘ladi.

Yalpizli konfetlar

Yalpiz ta’mi tetiklashtirish xususiyatiga ega. Muhim ishni bajarayotgan paytingizda yalpizli konfet yoki saqichni og‘zingizga solib oling, shunda charchoq hamda dangasalikning ortga chekinishiga guvoh bo‘lasiz.

O‘rningizdan turing

O‘rningizdan turib, biror bir jismoniy mashqni bajaring. Qon tana a’zolaringizni to‘ldiradi va metabolik jarayonlarni yo‘lga qo‘yadi, bu esa, o‘z navbatida, tana va miyani ishlashga majbur qiladi. Bino atrofidagi qisqa muddatli sayr ham kutilmagan uyquni haydaydi.

Miyangizni uyg‘oting

Erinchoq miyaga hozir ishlashga to‘g‘ri kelishini tushuntirishingiz kerak bo‘ladi. Bunday damlarda krossvord yoki shunga o‘xshash miyani uyg‘otuvchi mashqni bajaring. Engil aqliy mehnat uyquni engishga yordam beradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish vaqtida uyqu kelsa, nima qilish kerak?