13:12 / 19.09.2016
8 925

Insoniyatning uchdan biri hasadgo‘ylardan iborat ekanligi aniqlandi

Insoniyatning uchdan biri hasadgo‘ylardan iborat ekanligi aniqlandi

Madriddagi Karlos III nomli universitet tadqiqotchilari barcha insonlarni shaxs turi sifatida 4 guruhga bo‘lish mumkinligini aniqlashdi: hasadgo‘ylar, optimistlar (ijobiy fikrlovchilar), pessimistlar (salbiy fikrlovchilar) va ishonuvchan kishilar. Bu haqida Science Advances ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada hikoya qilinadi, deyiladi "Kun" nashrida.

Olimlar tadqiqot doirasida 541 nafar kishini turli ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini kuzatishdi. Natijada ularning qarorlari kompyuter algoritmi yordamida tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 90 foiz kishi mavjud 4 mezonga mansubligi aniqlandi - 30 foizi hasadgo‘ylar, qolgan 60 foizi - optimistlar, pessimistlar va ishonuvchan kishilar (har bir mezonga 20 foizdan). Qolgan 10 foiz ishtirokchini esa kompyuter hech bir guruhga qo‘sha olmadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, insonlarga nisbatan bunday tasniflash birinchi marta qo‘llanilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insoniyatning uchdan biri hasadgo‘ylardan iborat ekanligi aniqlandi