17:30 / 03.10.2016
6 718

Toshkentda ajrashishlar ko‘p kuzatilmoqda

Toshkentda ajrashishlar ko‘p kuzatilmoqda

Toshkentda respublikaning boshqa viloyatlariga qaraganda ajrashishlar eng ko‘p qayd etilmoqda, deb yozmoqda “Diydoraziz” nashri.

To‘laqonli bo‘lmagan va nosog‘lom oilalarda esa bolalarning jinoyatga qo‘l urishi kuzatilmoqda. Ajrashishlar, shuningdek, oilaviy nizolar zamiridagi jinoyatlar hamda o‘z joniga qasd qilishlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.

Qayd etilishicha, oilada ijtimoiy, ma’naviy muhitning talab darajasida emasligi, yigit va qizlarning turmushga tayyor emasligi, oilaning iqtisodiy asosi mustahkam emasligi, kuyovlarning ishsizligi, yigitlarning ishlash uchun chet ellarga chiqib ketishi ajrashishlarga sabab bo‘lmoqda.

2016 yil may oyida Toshkent shahar hokimi ajrimlarning oldini olish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Yozilishicha, mazkur qaror ijrosi bo‘yicha etarli ishlar olib borilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Toshkentda ajrashishlar ko‘p kuzatilmoqda