10:13 / 01.12.2016
7 068

Boy bo‘lishning 7 siri

Boy bo‘lishning 7 siri

Tez va osongina boyib ketishni kim ham istamaydi deysiz. Pulga baxtni sotib olish mumkin emasdir, lekin ro‘zg‘ori to‘kis, farzandlari va yaqinlari hech bir narsaga muhtoj bo‘lmay yashayotgan insonlar o‘zini baxtsiz sanamasligi aniq. Shu sababdan badavlat bo‘lishga yordam beradigan ayrim tavsiyalar bilan bo‘lishmoqchimiz!

1. Omadga ishoning! Fikrlar moddiylashuvi bor gap, «Men baxtliman, hech kimdan kam joyim yo‘q. hech bir narsaga muhtoj emasman» deb o‘ylashni kanda qilmang. Negaki, bir kun kelib, ular, albatta, haqiqatga aylanadi.

2. Ehtiyojlaringizni qondirishdan ortib qolgan pulni biror bir foyda keltiradigan jabhaga yo‘naltiring. Masalan, biror bir ko‘chmas mulk sotib oling. Undan to‘g‘ri va unumli foydalanish natijasida qo‘shimcha mablag‘ topishingiz, shubhasiz.

3. Barcha banklarda turli foizli omonat kassalari mavjud bo‘lib, ulardan o‘zingizga ma’qulini tanlab, oz miqdorda bo‘lsa-da pul qo‘ying. Oyma-oy pulingiz miqdorining ko‘payib borishi sizni quvontiradi.

4. Iqtisod qilish ham bir san’at! Xarid qilishingiz kerakmi, qo‘lingizda, albatta, faqatgina zarur mahsulotlar ro‘yxati bo‘lsin. Keraksiz, uyning bir burchagida chang bosib yotadigan buyumlarni sotib olishdan tiyiling. Unga sarflangan mablag‘ni boshqa bir foydali tomonga yo‘naltirish mumkin.

5. Ishingizni sidqidildan bajaring. Mehnatkash xodim hammaga kerak. Bu xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish bilan birga oylik maoshingizning oshishiga xizmat qiladi. Ko‘nglingizga yaqin bo‘lmagan ishda faoliyat yuritib, katta maosh olsangiz ham, bu pullar sizni quvontira olmasligi mumkin.

6. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanib ko‘ring. To‘g‘ri, bu qiyin ish, lekin uni uddalay olasiz. Buning uchun biroz bilim va boshqarish qobiliyati zarur bo‘ladi. Tajribasi bor va ishonchli insonlardan maslahat olish zarar qilmaydi.

7. Turli qing‘ir va noqonuniy yo‘llar bilan pul topishga qiziqa ko‘rmang! Bunday ishlarning oxiri voy bo‘ladi. Lotoreya o‘yinlari ham har doim kutilgan natijani beravermaydi, shuni ham unutmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boy bo‘lishning 7 siri