11:33 / 14.12.2016
10 190

Ko‘ngil ko‘zgusi hisoblangan ko‘zlar haqida qiziqarli 10 fakt

Ko‘ngil ko‘zgusi hisoblangan ko‘zlar haqida qiziqarli 10 fakt

1. Sevgan kishingizga qaraganingizda qorachig‘lar 45 % ga kattalashadi.
2. Dunyodagi hech bir odam ko‘zlarini ochib aksirolmaydi.
3. Inson ko‘zlarining hajmi tug‘ilganida qanday bo‘lsa, umri davomida o‘zgarmay qoladi. Quloq va burun esa, aksincha, o‘sishdan bir lahza ham to‘xtamaydi.
4. Kosmonavtlar fazoga chiqqanlarida yig‘lay olmaydilar. Gravitasiya tufayli ko‘z yoshlar mayda pufakchaga aylanib, ko‘zni achishtiradi.
5. Go‘dak to ikki haftalik bo‘lmaguncha ko‘zidan zarracha yosh chiqmaydi.
6. Har bir ko‘zda 107 milliondan ortiq hujayra bo‘lib, ularning bari yorug‘likni sezadi.
7. Ayollar erkaklarning ko‘ziga qarab, ularning asl maqsadini aniqlab olishlari uchun 8 soniya kifoya qiladi.
8. Go‘daklar 38 santimetr uzoqlikdagi narsalarnigina ko‘ra oladilar. Buni qarangki, ona o‘z farzandini emizayotganda uning yuzi boladan taxminin shuncha masofada bo‘larkan.
9. Ko‘zga biror narsa tushganida, yig‘layotganda, yoki esnaganda ko‘zyoshining tarkibi o‘zgarib turadi.
10. Turli infeksiya va viruslar xuddi burun va og‘izdan kirgani kabi ko‘z orqali ham organizmga tushishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘ngil ko‘zgusi hisoblangan ko‘zlar haqida qiziqarli 10 fakt