12:04 / 14.12.2016
112 993

"Sevgi haqida" Siz bilishingiz kerak bo‘lgan 10 ta fakt

"Sevgi haqida" Siz bilishingiz kerak bo‘lgan 10 ta fakt

1. Olimlarning aniqlashicha, agar ilk uchrashuv vaqtida erkak o‘zi hamrohlik qilayotgan ayolga 8,2 soniya ko‘z uzmay termulib tursa, demak u sevib qolgan bo‘ladi. Qizlarjon, birinchi uchrashuvga o‘zingiz bilan birga sekundomer olib chiqishni unutmang!
2. Sevish terapiyasi haqida eshitganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha, sevgiga mubtalo bo‘lgan kishining tanasi va miyasi har doimgidan ko‘ra yaxshiroq holatga kelar ekan. Asab tolalari tinchlanib, xotira esa 100 foizga tiklanarkan.
3. Yoqtirgan insonini ko‘rgan holatdagi oshiqning dahshatli filmdan ta’sirlangan kishidan deyarli farqi bo‘lmaydi. Negaki har ikki holatda ham ko‘z qorachig‘i kengayib, kaftlar terlaydi, yurak urishi esa tezlashadi.
4. Bir-birini sevib, uzoq vaqt elkama-elka yashagan juftliklarning yuz qiyofalari yillar davomida o‘xshash bo‘lib qoladi.
5. Muhabbatga mubtalo kishi aql bovar qilmas ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Chin ma’noda Majnunga aylanishning sabablari ilmiy jihatdan aniqlandi. Unga ko‘ra sevib qolgan insonning qon tarkibida serotonin gormoni ruhiy xasta odamlarniki kabi kam miqdorda bo‘ladi. Bu esa o‘z xatti-harakatlarini tahlil qila olmaslikka sababdir.
6. Bu sizni hayratga solmas, ammo juftliklarning munosabatida ozgina romantika bo‘lishi o‘rtadagi rishtalarni yanada mustahkamlashi ayni haqiqat! Va bu o‘zlarini yanada baxtli his etishlariga turtki bo‘ladi.
7. Qadimda yunonlar nomsiz barmoqda yurakka borib ulanadigan qon tomiri o‘tgan deb, hisoblashgan. Va uni «muhabbat tomiri» deyishgan. Nikoh uzugini aynan shu barmoqqa taqilishining sababi ham shunda. Nikoh uzuginining taqilishi ilk marotaba Qadimgi Misrda qayd etilgan.
8. Odatda ayol jufti bilan yuzma-yuz suhbatlashishni xohlasa, erkak esa yaxshi ko‘rgan ayoli u bilan elkama-elka o‘tirishini yoqtiradi.
9. Afsuski, sevish kabi bebaho ne’mat har kimga ham nasib qilavermas ekan. Agar sizga kimdir «umrimda sevmaganman» desa ishonavering. Negaki kamdan-kam uchrasada, muhabbat tuyg‘usini tuya olmaslik — gipopituitarizm kasalligi haqiqattan mavjud.

Shifokor tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, sevgan yorining bo‘sasi kishi organizmi faoliyatini yaxshilab, umr uzayishiga oz bo‘lsada hissa qo‘shar ekan. Ertalab ishiga shoshib, xotini bilan xayrlashmay ketadigan erkakdan ko‘ra, tongini rafiqasidan bo‘sa olish bilan boshlagan erkakning umri 5 yilga uzayadi. Erkaklar, umringizni uzaytirishga harakat qiling!

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Sevgi haqida" Siz bilishingiz kerak bo‘lgan 10 ta fakt