15:19 / 17.12.2016
53 184

Lavlagi sharbatining siz bilgan va bilmagan 5 davosi

Lavlagi sharbatining siz bilgan va bilmagan 5 davosi

Quyida kundalik hayotimizda qo‘llash uchun qulay va inson organizmi uchun kerakli bo‘lgan lavlagining 5 ta foydali xususiyatlari bilan tanishing:

1. Qabziyat bezovta qilsa, 100-150 gr. qaynatilgan lavlagini och qoringa iste’mol qiling.

2. Qon kamayganda, teng miqdordagi sabzi, lavlagi, turp sharbatini aralashtiring. Kuniga 1-2 osh qoshiqdan ovqatdan avval qabul qiling.

3. Sabzi, bodring, lavlagi sharbatini teng miqdorda aralashtirib, 1 soat davomida muzlatkichda tindiring. Yarim stakandan ichiing. Bu sharbatlar
aralashmasi jigar va ichak faoliyatini yaxshilaydi, immunitetni ko‘tarib, ko‘rish qobiliyatini tiklaydi. Tayyor sharbatni bir kundan ortiq saqlamang.

4. Flebit (tomirlar shamollashi)da 50 gr. lavlagi bargini 1 litr qaynagan suvda damlang. 10 daqiqa tindiring va ovqatdan so‘ng yarim stakandan iste’mol qiling. Tomirlar faoliyatini yaxshilaydi.

5. Qon bosimi yuqori bo‘lganda, lavlagi sharbatini asal bilan aralashtirib, yarim stakandan kuniga 3-4 marta iching.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Lavlagi sharbatining siz bilgan va bilmagan 5 davosi