19:10 / 19.12.2016
12 271

Yuzdagi ajinlar fe’limizdan darakmi?

Yuzdagi ajinlar fe’limizdan darakmi?

Yuzimizdagi ajinlar fe’limizdan darak berishi mumkinligi haqida Siz ham bilasizmi?

- Yuzingizda mayda va uzun ko‘rinishdagi ajinlar ko‘p bo‘lsa, bu sizning aniq maqsadga ega, rejali ekanligingizni bildiradi. Ko‘zning tashqi burchagidan yuqoriga qaragan ajinlar hayotda o‘z o‘rnini topadigan, atrofidagilarning hurmatini qozona oladigan ayollarga hos.

- Lab atrofidagi “o‘rdak panjasi” shaklini eslatuvchi ajin optimistik xarakteringizdan darak beradi. Bu toifa ayollar o‘zgalar dardiga sherik bo‘lishi, o‘zi qolib, birovning muammosini hal etish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi.

- Ikki qosh o‘rtasidagi chuqurcha taqdirning siz uchun atagan sinovlari xali oldinda ekanligini anglatishi mumkin. Tashvishlanmang! Qosh o‘rtasidagi yirik ajin ko‘p hollarda yuqori martabaga erishish, parvoz onlari va baxtli turmush bilan ham ifodalanadi.

- Qoshning faqat bir tarafiga qarab yo‘nalgan ajin sog‘lig‘ingizdagi o‘zgarishlardan ogohlantiradi. Shaxsiy hayotda esa hammasi yaxshi va siz kutgandek bo‘lishiga ishoradir.

- Ikkita qosh o‘rtasida, eniga joylashgan va yaqqol ko‘rinib turgan ajinlar, tashkilotchilik qobiliyatingizdan darak beradi. Hamisha vaqtingiz ziq, nuqul chop-chop bilan bandsiz. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asabiylik ham kuzatiladi. Shundaymi?

- Peshonadagi ingichka, bilinar-bilinmas ajinlar fe’l-atvoringizning o‘zgaruvchan ekanligini bildiradi. Bu toifa ayollar did borasida ajralib turishadi, o‘zi ham, hayoti ham go‘zal bo‘lishi uchun tinmay mehnat qilishadi.

- Yuz qismlaridagi yoshga doir tekis, aniq va chuqur joylashgan ajinlar sohibasiga erkaklar ham havas qilsa arziydi. Unda o‘ziga hos shijoat, g‘ayrat va maqsad sari intiluvchanlik bor.

- Peshonadagi qisqa yotiq chiziqlar yumshoq fe’lli, ko‘ngilchan ayollarga hos. Bunday ayolni hafa qilish oson bo‘lsa-da, arazini ortiqcha namoyish etavermaydi. Hatto g‘am-g‘ussani ham kulib turib engishi mumkin.

- Burundan lab atrofiga qarab yo‘nalgan ajinlar o‘ziga hos xarakterdan darak beradi. Bunday ayollar ob-havo singari o‘zgaruvchan, hafa bo‘lgani ham, xursandligi ham sezilmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuzdagi ajinlar fe’limizdan darakmi?