02:21 / 24.12.2016
14 700

Kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi 5 odat

Kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi 5 odat

Ertalab yaxshi kayfiyatda uyg‘onish uchun nima qilish kerak? Biz yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi ertalabki yomon odatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Negativ

Kechki payt ertalabki kayfiyatni qanday ko‘tarish to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Bu – sevimli qo‘shiq, vazadagi gul yoki yoqimli atir ham bo‘lishi mumkin.

Kech turish

Ko‘pchilik ertalab uxlashni yaxshi ko‘radi, shuning uchun soat qo‘ng‘irog‘ini 5—10 daqiqa kechroqqa qo‘yadi. Shoshilish kechikish va muhim narsalarni unutib qo‘yishga olib keladi. Bu yomon odatdan qutulishning oson yo‘li – soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha, yalqovlik qilmasdan o‘z vaqtida turish.

Nonushta qilmaslik

Ma’lumki, ertalabki nonushta organizmning uyg‘onishiga va metabolizmni harakatga keltirishga yordam beradi. Ertalab nonushta tayyorlashni yoqtirmasangiz, kechqurun tayyorlab qo‘ying yoki ko‘p vaqt talab qilmaydigan ovqatlar tayyorlang.

Kun uchun rejaning yo‘qligi

Reja tuzib olsangiz, fikringizni to‘playsiz va o‘zingizni ishonchli sezasiz. Reja asosida ishlaringizni bemalol va ikkilanmasdan amalga oshira boshlaysiz.

Keraksiz yangiliklarni ko‘rish

Ertalabdanoq boshlanayotgan kunni diqqat bilan rejalashtirish o‘rniga, dunyo yangiliklarini ko‘rish kayfiyatingizni buzadi. Ertalab faqat o‘zingiz va tashqi ko‘rinishingiz bilan shug‘ullaning.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi 5 odat