21:32 / 28.12.2016
27 004

Go‘zallikni buzib ko‘rsatuvchi soch turmaklari

Go‘zallikni buzib ko‘rsatuvchi soch turmaklari

Ba’zilar, mos tushadimi, yo‘qmi, har xil uslubdagi liboslar va soch turmaklarini o‘zlarida sinab ko‘raveradi. Shunday soch turmaklari ham bo‘ladiki, mutlaqo hech kimga to‘g‘ri kelmaydi. Quyida bunday omadsiz soch turmaklari va ularning sabablari to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Yirik jingalak sochlar

To‘lqinli jingalak sochlar – klassika hisoblanadi, lekin jingalak sochlar hammani ham go‘zallik malikasi qilib ko‘rsatavermaydi.

Notabiiy sariq soch

Ming afsuski, sariq sochlar – faqat sariq sochli bo‘lib tug‘ilganlargagina yarashadi. Sun’iy sariq soch go‘zal qizlarni oddiy va ko‘rimsiz qizlarga aylantiradi.

Tekis va qalin chyolka

Tekis va qalin chyolka qiyofangizni qo‘pol va eskicha qilib ko‘rsatadi, zero bundan ancha yillar muqaddam shunday soch turmaklarida yurishgan.

To‘g‘ri farq ochish

Kelayotgan mavsumda urf bo‘lishiga qaramasdan, soch farqini to‘g‘ri ochish juda oddiy ko‘rsatadi. Soch farqini qiyshiq qilib, chap tomondan ochilsa, qiyofani jozibaliroq ko‘rsatadi.

Yorqin «patlar»

Qalin chyolkalar kabi bunday soch turmaklari ham allaqachon o‘zining ommabopligini yo‘qotgan bo‘lib, juda go‘zal qizlarni oddiy va ko‘rimsiz qizlarga aylantiradi.

Manba: Daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Go‘zallikni buzib ko‘rsatuvchi soch turmaklari