23:46 / 28.12.2016
9 037

Qaynonani «ona»ga, kelinni «qiz»ga «aylantiruvchi» «sehrli» qoidalar

Qaynonani «ona»ga, kelinni «qiz»ga «aylantiruvchi» «sehrli» qoidalar

Yangi yil ostonasidamiz! Ushbu yilni qarshilayotgan qaynonalarga kelinlari o‘z qizlaridan-da mehribon bo‘lishlarini tilab qolamiz! Va ularni o‘z qizlariga aylantirib qo‘yuvchi oddiy, ammo sehrli qoidalarni eslatib o‘tamiz!
  • Avvalo keliningizni o‘z bolangizdek ko‘rib, «qizim, bolam», deb uy-ro‘zg‘or ishlarini erinmay o‘rgating. Bayramga birga tayyorgarlik ko‘ring. Oila a’zolaringiz qanday taomlarni xush ko‘rishini eslating. O‘z o‘rnida uning ham fikrlariga quloq tuting. Balki kelingiz Yangi yilni yangicha tarzda kutib olish sirlarini bilar!
  • Kelinning qilgan ishi, ovqati, yurish-turishidan ayb qidiravermang. Boshqalarning e’tiroziga ham keliningizning yonini olgan holda javob qaytaring. Biror aybi bo‘lsa, boshqalardan xoli o‘ziga tushuntiring.
  • Hech qachon «kelinim yomon chiqdi, o‘g‘limga boshqa xotin olib beraman», demang. Bu haqda o‘ylamang ham! Axir insonni tarbiyalash mumkin-ku?!
  • O‘g‘lingiz, qizlaringizga keliningizga sovg‘a olib berishlarini maslahat bering. O‘zingiz ham unga Yangi yil hadyasi bering. Bundan uning ko‘ngli tog‘dek ko‘tariladi!
  • Nabiralaringiz bilan birga bayram sayllariga boring. Farzandlariga mehribon, e’tiborli ekaningizdan keliningizning sizga yanada mehri oshadi!
  • Qaynonalar, oilalar mustahkamligi sizga bog‘liq. Bu eng avvalo sizning burchingiz! Kelin ham, kuyov ham — farzandimizning jufti haloli, boldek shirin nabiralarimizning ota-onasi. O‘z farzandingizdek sevib, ardoqlasangiz, ular ham mehru muhabbatini sizdan ayamaydi!
  • Yangi yilda yanada YaXShI, MEHRIBON, xullas kalom, SUPER QAYNONA bo‘ling!

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaynonani «ona»ga, kelinni «qiz»ga «aylantiruvchi» «sehrli» qoidalar