13:25 / 04.01.2017
8 162

Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bizga nima beradi?

Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bizga nima beradi?

«Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat» atamasi so‘nggi o‘n yil ichida ko‘p bora ishlatilmoqd, biroq u o‘z ahamiyatini yo‘qotib, biz eta olmaydigan muammoga aylanmoqda. Ko‘plab rahbarlar xodimlarining shaxsiy hayotiga e’tibor qaratmaydi. Quyida kompaniyadagi jamoa madaniyatining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi sabablarni ko‘rishingiz mumkin.

Baxt darajasini o‘lchaydigan Happiness App dasturi bilan yaqinda tajriba o‘tkazildi. Uning doirasida 10 000 ishtirokchi kuniga har soatda ular o‘zini qay darajada baxtli his etayotganini qayd etib bordi. Tajriba orqali baxt hissining eng yuqori darajasi har kuni taxminan tungi ettida sodir bo‘lgan. Bu esa biz aynan oilamiz, do‘stlarimiz bilan suhbat qurayotgan yoki shunchaki dam olayotgan vaqtga to‘g‘ri keladigan vaqtdir.

Nima sababdan shaxsiy hayot va ish o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turish lozim.


1. Stressning kamayishi

Ishdan o‘z vaqtida butunlay ozod bo‘lish qobiliyati (ham ruhan, ham psixologik) stressni tushirishda juda muhimdir.

2. Biz o‘zimiz o‘ylagandek sermahsul emasmiz

The Secret to Happiness tadqiqotiga muvofiq, ko‘plab xodimlar har ish jarayonida o‘rtacha hisobda qandaydir harakatlar uchun 50 daqiqadan vaqt sarflashadi. Bu esa ish bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmaydi.

Shuningdek, tadqiqot xodimlar aftasiga 50 soatdan ortiq ishlasa, ularning samaradorligi sezilarli darajada kamayashini aniqladi. Haftasiga 55 va 70 soat ishlaydigan ishchilarning samaradorlik ko‘rsatkichi ham bir xil chiqdi.

3. Qayta ishlash ham salomatlikka zarar

Stressni o‘rganish bo‘yicha Amerika institutining ma’lumotiga ko‘ra, kasbiy faoliyat orqali orttirilgan stress hamda yurak xuruji o‘rtasidagi bog‘liqlik shu qadar kattaki, Nyu-York, Los-Anjeles va boshqa bir necha shaharlarda polisiya xodimlarining xuruji orttirilgan jarohat bilan tenglashtirilmoqda.

4. Ayollar ko‘proq stress olishga moyil bo‘ladi

Kun davomida ishlaydigan ayollar erkaklarga nisbatan katta stressga yo‘liqadi. Sababi ular ishdan so‘ng uy yumushlari va farzandlarga qarash bilan mshg‘ul bo‘lishadi

Xodimlarga muvozantni ushlashda qanday yordam berish mumkin?


1. Ta’tillar vaqtida «foydalanib qol yoki yo‘qotasan» yondoshuvi

Tadqiqot qayd etishicha, mazkur yondoshuv xodimlar o‘z ta’tili va dam olish kunini o‘z vaqtida olishiga yordam beradi.

2. Erkin grafik yoki uyda ishlash

Society for Human Resource Management tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma uydan turib ishlaydigan xodimlar ofisda ishlaydigan hamkasblariga nisbatan 13 foizga samaraliroq faoliyat yuritishini aniqladi.

3. Ofis madaniyati

Ishdan keyingi majlislar xodimlaringiz uyiga o‘z vaqtida etib borishiga xalaqit qilmaydimi? Mana shu masala haqida o‘ylab ko‘ring. Balki, bu kabi ish grafigi xodimlarning o‘z oilasiga etarlicha vaqt ajratishida to‘sqinlik qilayotgandir.

4. O‘rgatish

Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni to‘g‘ri ushlash muhimligi haqida xodimlarga ma’lumot berish zarur. Bu borasda turli seminarlar va vebinarlar yordam beradi.

Xodimlar barchasini to‘g‘ri taqsimlashi uchun avvalam bor, rahbarlar ham qoidaga rioya qilishi va tunga qadar ofisda qolmay, o‘z vaqtida uyga ketishi kerak. Shunda oilada arzimas xafagarchiliklar ham kamayadi.

Manba: Xabardor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bizga nima beradi?