15:49 / 04.01.2017
10 055

Bill Geyts - kuniga 2 dollarga yashab, qanday boyib ketish mumkinligi to‘g‘risida

Bill Geyts - kuniga 2 dollarga yashab, qanday boyib ketish mumkinligi to‘g‘risida

Bill Geyts - zamonamizning eng badavlat odamlaridan biri. Uning moliyaviy holati 2016 yilning may oyiga ko‘ra, 76,4 milliard dollarga baholangan.

U bu pullarni o‘z aqli va ishbilarmonligi bilan ishlab topgan. Shu bois biz sizlarga Bill Geytsning o‘z blogida yozib qoldirgan maslahatlariga quloq solishni tavsiya etamiz.

Ma’lumki, Bill Geyts anchadan beri xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va ularga ulkan miqdordagi mablag‘lar sarflaydi. U rahbarlik qiladigan fondning yo‘nalishlaridan biri - qashshoqlik bilan kurashish. Geytsning blogida qoldirilgan yozuv aynan shu to‘g‘risida.

Agar kundalik daromad 2 dollarni tashkil qilsa, dunyodagi eng boy inson qanday yo‘l tutar edi?

"Albatta, barcha mamlakatlar va har qanday vaziyatlarda ish beradigan yagona yo‘l-yo‘riq yo‘q. Barcha mamlakatlardagi qashshoqlik bir-biriga o‘xshamaydi. Men o‘z fondimdagi faoliyatim davomida ko‘p holatlarni ko‘rdim va odamlarni aynan tovuq boqish qutqarayotganiga guvoh bo‘ldim. Men bu haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ldim va ishoning, sietllik shahar bolasiga bu haqiqiy yangilik bo‘ldi! Endi men qashshoqlikdan faqat tovuqlar yordamida qutulish mumkinligiga ishonaman.

Agar men faqir bo‘lib qolsam, parrandachilik bilan shug‘ullangan bo‘lardim".

Bu maslahatidan so‘ng Bill Geyts bir necha dalillar keltirib o‘tdi.

1. Tovuq boqish oson, ular alohida yondashuvni talab qilmaydi. Ularning ba’zi turlari hamma narsani eyishi mumkin. Tovuqlarga faqatgina kichik boshpana kerak, uni ham qo‘lda yasasa bo‘ladi. Tovuqlarga atigi bir necha marotaba vaksina qilsa bo‘lgani.

2. Bu yaxshi investisiya. Aytaylik, boshlovchi fermerning beshta tovug‘i bor. Uch oydan keyin fermerning yana 40tacha jo‘jasi bo‘ladi. Agar bir tovuqning bahosi 5 dollar bo‘lsa, u holda fermer bir yilda 1000 dollar atrofida pul ishlab oladi.

3. Bu bolalarning sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradi. Ochlikdan bir yilda 3,1 million bola nobud bo‘lmoqda. Tuxum va tovuq go‘shti bu kulfatni bartaraf etishi mumkin. Buning natijasida bolalar o‘zlariga zarur oqsillar va mikroelementlar bilan ta’minlanadi.

4. Bu ayollar uchun huquq va imkoniyatlarni kengaytiradi. Ko‘p mamlakatlarda ayollar xali ham teng huquqli emas, ularda pul topish va o‘z ishini yo‘lga qo‘yish imkoni yo‘q. Tovuq boqish an’analarga qarshi chiqmagan holatda bu vaziyatni to‘g‘irlashi mumkin.

Bill Geyts o‘z murojaatining so‘nggi qismida avvallari bu masalaga hech qanday e’tibor qaratmagani va faqatgina hozir dunyo oldida qanday ulkan muammolar turgani hamda biz ularning echimini topishga qanchalik ojiz ekanimizni anglab etganidan xafaligini izhor etdi.

Manba: Xabardor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bill Geyts - kuniga 2 dollarga yashab, qanday boyib ketish mumkinligi to‘g‘risida