Mevalarni kattalar ham kichiklar ham sevib iste’mol qilishadi. Yilning qaysi vaqti bo‘lmasin, uydagi bor mevalardan salat ham tayyorlashingiz mumkin. Bugun biz mevali salat tayyorlashning asosiy reseptini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
Masalliqlar:
- Mevali yogurt — 100-200 gr;
- Qizil olma — 1 dona;
- Banan — 1 dona;
- Kivi — 2 dona;
- Mandarin — 1 dona;
Tayyorlanishi:
Mevalarni yaxshilab yuving.
Banan, mandarin va kivini arching, mayda qilib kubik shaklida to‘g‘rang.
To‘g‘ralgan mevalarni yogurt bilan aralashtiring.
Kichkina likopchalarga qo‘yib ustini mandarin bo‘lakchasi bilan bezating.
Tayyor bo‘lgan mevali desertni biryo‘la dasturxonga tortishingiz mumkin.
Salat uchun mevalarning har qanday turidan foydalanishingiz mumkin. Yogurt o‘rniga esa muzqaymoq ishlatsangiz ham bo‘ladi. Shirinlikni sevadiganlar uchun salat ustiga shokolad kukuni sepilsa, yanada mazali bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi