17:11 / 06.01.2017
20 257

Kuniga 3 dona tuxum eyish uchun sabablar

Kuniga 3 dona tuxum eyish uchun sabablar

Hammamiz tuxum tarkibida xolesterin borligini bilamiz va ko‘pincha uni ko‘p eb qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Biroq tuxum organizmimiz uchun juda ham foydali mahsulot ekan. Uni har kuni eyish kerakligini olimlar ta’kidlashmoqda.

Birinchidan u tanadagi yomon xolesterin miqdorini pasaytiradi.

Siz kuniga 3 dona tuxum eb qondagi xolesterin miqdorini pasaytirishingiz mumkin.

Qolaversa tuxum suyaklarni mustahkamlaydi. Unda ko‘p miqdorda kalsiy va D vitamini bor. Tuxum muskullar o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. Chunki unda ko‘p miqdorda oqsil bor. 2 ta tuxumdagi oqsil bir bo‘lak go‘sht oqsiliga teng. Unda magniy, temir, fosfor, vitamin A, E, B12, B6 bor. Tuxum ozishda ham katta yordam beradi. U ochlikni tez qondiradi. Tuxum ko‘z uchun ham muhim ozuqadir. Unda kataraktaning oldini oluvchi moddalar ko‘p. U yurakni mustahkamlaydi va tuxum oqi gipertoniyaning oldini olishda yordam beradi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuniga 3 dona tuxum eyish uchun sabablar