Bu mevadan kuniga 3 4 ta eyish tanangizni yoshartiradi.U er yuzidagi eng shifobaxsh mevalardan biri hisoblanadi. Bu arab xurmosidir. Bu meva oziq moddalarga boy. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini yaxshilaydi. Xolesterinni pasaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar o‘rnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy, 100 gramida odam organizmidagi temirning bir sutkalik me’yorining 11foizi bor.
U kamqonlikda ham katta foyda beradi. Unda kaliy ko‘p. Xurmo insult xavfini 40 foizga kamaytiradi. Xurmoda fosfor, kalsiy ko‘p. Bu esa miya va ichaklar faoliyati uchun juda foydali. Uni ich qotishida dori bo‘ladi. Bunda tungi uyqu oldidan bir piyola qaynagan suv bilan 2 3 ta meva eyiladi.
Jinsiy ojizlikda xurmo echki suti bilan birga eyilsa shifo bo‘ladi. U yuqori qon bosimini tushiradi.
5 6 ta xurmoda 80 g magniy bor va bu qon tomirlarini kengaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki 370 mg magniy inson uchun kunlik me’yor hisoblanadi. Bu miqdor qon bosimini bir me’yorda ushlab turadi. Bu xurmo qarishning oldini oladi. U tug‘riqdan keyin ham foydali, u sutni ko‘paytiradi.
Xullas arab xurmosini jannat mevasi deyish mumkin.
. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi