Hayotimizni pardoz-andoz va atirlarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Sog‘liq va go‘zalligimizni asrash maqsadida kosmetika vositalarini tez-tez nazorat qilib turish muhim ahamiyatga ega.
Kosmetika vositasini tashlab yuborish vaqti kelganidan darak beruvchi belgilar:
Hidining o‘zgarishi
Eskirishning birinchi belgisi – hidning o‘zgarishi. Agar siz achchiq, taxir yoki zax bosgan hidni sezgan bo‘lsangiz – o‘ylanmasdan tashlab yuboring.
Tarkibining o‘zgarishi
Tonal vositalar va kremlarni diqqat bilan tekshiring. Agar krem quyuqlashgan yoki suyuqlashgan bo‘lsa hech ikkilinmasdan tashlang. Shuni unutmangki, ochilgan tushlarning saqlanish muddati – 3 oydan ko‘p emas.
Rangining o‘zgarishi
Tonal kremlar va lab bo‘yoqlari tashqi ta’sirlar (quyosh nuri, havo harorati va shu kabilar) natijasida dastlabki rangini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Agar rangi sezilarli darajada o‘zgargan bo‘lsa kremdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.
Bunday kosmetika vositasining xavfi nimada?
Birinchidan, eskirgan vositalarni ishlatish befoyda. Ikkinchidan, ular allergiya qo‘zg‘atishi va hatto infeksiyaga sababchi bo‘lishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi