21:24 / 17.05.2017
7 239

18 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

18 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun tadbirkorlarning kuni. Yulduzlar ular uchun yangi-yangi muvaffaqiyatlarni va’da qilishgan. 18 may kuni azartli o‘yinlar o‘ynashdan nariroq bo‘ling. Katta yo‘qotishlarga yuz tutishingiz ehtimoli bor. Jismoniy zo‘riqishlar ham bugun sizga tavsiya etilmaydi. Oila qurmaganlar kechqurunga borib bo‘lajak juftini uchratishlari kutiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling, ko‘cha taomlarini iloji boricha tanovul qilmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 may kuni negadir o‘zingizni ko‘proq seva boshlashingiz kuzatiladi. Bu oilada ham, ish joyingizda ham ba’zi xafagarchiliklarga olib kelishi mumkin. Har bir qadamingizni o‘ylab bosing. Birovga va’da bersangiz, albatta uddasidan chiqishga harakat qiling. Zudlik bilan parhez boshlamasangiz bo‘lmaydi, yo‘qsa, oshqozoningizda jiddiy muammolar ko‘zga tashlana boshlashi mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
18 may kuni his-tuyg‘ular va hazil-mutoyiba orasida qandaydir masofa paydo qilishingiz talab etiladi. Muhim majlislarda ishtirok etish hamda olis safarga chiqishni boshqa kunga qoldiring. Moliyaviy muammolarni tanish-bilishlardan qarz ko‘tarish orqaligina hal etishingiz mumkin. Sog‘lig‘ingizni saqlang, kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Quyosh tig‘ida allergik xastaliklar orttirib olishdan saqlaning.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 may kuni kutilmaganda dimog‘dorligingiz tutadi. Hamkasblar-ku, tushunar, ammo rahbariyatdan ehtiyot bo‘ling. Ularning ensasi qotishi tayin. Chunki rahbarlarning o‘zi o‘ziga etguncha dimog‘dor. Raqobatchilarni ular sira xushlashmaydi. Kun davomida oy oxiriga mo‘ljallab qo‘ygan sayohatingiz haqida orzulab vaqt o‘tkazasiz. Xayolotga berilgandan ko‘ra, real ishlarga qo‘l uring. Shunda moddiy jihatdan baquvvatlashib, yoqimli xaridlar qilishga erishasiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun salomatligingiz bilan jiddiy shug‘ullaning. Xastalikning boshlanishi vujudingizda sezilib qolgani aniq. Shuning urchib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun vrach ko‘rigidan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Xastalik faqat ish deb, ovqatlanish tartibiga amal qilmasdan, asabiylashishga zo‘r berganingiz oqibatidir. Zarur tahlillarni topshiring, mustaqil tarzda dorilar ichmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 may kuni agar shaxsiy mashinangizda olis safarga chiqishni ixtiyor qilgan bo‘lsangiz, serqatnov yo‘llarda nihoyatda sergak bo‘ling, jarohat olishingiz xavfi bor. Chin ko‘ngildan bajarilgan ish o‘z natijasini uzoq kutdirmaydi. Kunning ikkinchi yarmida mehnatingiz mahsulini albatta ko‘rasiz. Ba’zilarga yangi, daromadi hozirgisidan ko‘proq ish taklif etishlari kutiladi. Darrov rozi bo‘ling. Sog‘lig‘ingizni kun davomida nazorat ostida ushlang. Suyuqlikni, muzdek suvni ko‘proq iching, bu qon bosimi bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun siz muhim voqealar markazida bo‘lib, ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingiz mumkin. Yaxshisi, kunni oila davrasida, tabiat qo‘ynida kechirishga harakat qiling. Bu keyingi kunlar uchun qo‘shimcha kuch to‘plashda va salomatligingizni tiklashda yordam beradi. Moliyaviy sohada ham omadingiz kuladi, kissangiz kechqurunga borib pulga to‘ladi. Ammo xaridlar masalasida tejamkorlikka ahamiyat berishni unutmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
18 may kuni moddiy to‘kinlik emas, ruhiy sokinlikka alohida o‘rin ajrating. Bu bugun uchun sizga judayam zarur. Juftingiz bilan orangizdan ola mushuk o‘tib ketishi mumkin. Mushukni quvib ovora bo‘lmang, yolg‘iz qoling, hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Kechqurun do‘stlaringizdan biri sizga tijorat sohasida hamkorlikni taklif etishi kutiladi. Agar asosiy ishingizga xalal bermasa, albatta rozi bo‘ling. Pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi kuningiz boshqalaridan tubdan farq qiladi. Ish yuzasidan ko‘chaga chopaverib xunob bo‘lasiz. Ammo bosiqligingiz, asablarni jilovlay bilishingiz tufayli ko‘plab janjallar barham topadi. Aniqrog‘i, ularning oldini olasiz. Ro‘zg‘ordagi majburiyatlaringizni ham unutib qo‘ymang. Kechqurun oila qurmaganlardan kimnidir o‘zi yoqtiradigan inson kino yoki teatrga taklif qilishi mumkin. Uxlashga yotishdan oldin toza havodan nafas oling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 may kuni ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Bugun bir hafta davomida qiladigan ishni uddalab ulgurasiz. Natija ham shunga yarasha bo‘ladi albatta. Hali kun yarimlamay cho‘ntagingiz pul ko‘radi, kayfiyatingiz yanada yaxshilanadi. Oila qurmaganlarga bugun muhabbatda omad kuladi. Siz ajoyib insonni uchratib, tanishasiz. Astoydil bo‘lsangiz, shu inson bilan turmush qurishingiz ham ehtimoldan xoli emas.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun kayfiyatingiz yaxshi bo‘lmasligini yulduzlar bashorat qilishgan. Ish joyingizda hamkasblardan kimdir sizga hasad ko‘zi bilan qaray boshlaganini sezib qolasiz. Shu hamkasbingizga majlisda rahbarlar sizni maqtaganlari yoqib tushmagan bo‘lib chiqadi. Lekin janjallashishga urinmang, bundaylarni sukut yordamidagina engish mumkin. Mavqeni yanada oshirish uchun 18 may juda qulay kechadi. Pul muammosi bugun hech qanday bosh og‘riqlarsiz muvaffaqiyatli hal bo‘ladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 may kuni ko‘proq kuch yig‘ishga harakat qilishingiz lozim. Aks holda ko‘zlangan natijalarga erisha olmasligingiz mumkin. Dam oling, tabiat qo‘yniga chiqing, do‘stlar bilan uchrashing. His-tuyg‘ularingiz esa sizni haqiqiy ertaklar olamiga olib kirishi kutiladi. Puldan qiyinchilik bo‘lmaydi. Ajoyib xaridlarni amalga oshirasiz. Oilangizda ham xotirjamlik, ahillik hukm suradi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 18 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...