09:31 / 18.05.2017
10 311

Kuling umringiz uzayadi: Kun kulgusi...

Kuling umringiz uzayadi: Kun kulgusi...
Puldordan so‘rashdi:
— Suyuqoyoqning xizmatidan foydalanish uchun hayotingizda bir marta bo‘lsin chopganmisiz?
— Yo‘q, hech qachon chopmaganman. Shoshilmasdan, asta-asta, imi-jimida borganman.
* * *
Tungi qimorxona qo‘riqchisi erkakka dedi:
— Kechirasiz, sizni qimorxonaga kirita olmayman.
— Nega?
— Bo‘yinbog‘ taqmagansiz.
— Ana, anavini qairang, qip-yalang‘och-ku!
— To‘g‘ri, ammo u kirmayapti, chiqib ketyapti.
* * *
Qora bozorda.
— Oka, mana shu soatni sotib oling! Shveysariya soatining asl nusxasi bu!
— Shunaqami? Mayli, olaman. Mana sizga AQSh dollarining asl nusxalari!
* * *
Muallima o‘quvchidan so‘radi:
— Toshmatov, maktabni bitirgach, kim bo‘lmoqchisan?
— Kosmonavt.
— Kosmonavt bo‘lish uchun uzoq vaqt va a’lo baholarga o‘qish kerak!
— Ishonmayman. Ana, Belka va Strelkayam umuman o‘qimasdan kosmonavt bo‘lgan!
* * *
Xotin erini urishyapti:
— Qachongacha begona ayollarga chopasiz-a? Uch bolamiz bor, ammo hali birontasigayam otalik qilolmagansiz!
* * *
Boyvachchaning o‘g‘li otasidan so‘radi:
— Dada, sevgan qizim ikkalamizga kechqurun mashinangizni berib tura olasizmi?
— Ha, ammo mashinaning bir gramm ham benzini qolmagan.
— Bizga benzinning keragiyam yo‘q.
* * *
Tillerson Moskvaga kelgach, Lavrovdan so‘radi:
— Nega may oyidayam sizlarda havo sovuq?
— Chunki bizda may oyida qisholcha gullaydi.
— E, nega ekasizlar unda o‘sha qisholchani?
* * *
— Salom, Eshmatov!
— Kechirasiz-u, opa, men Eshmatovmas, Naziraman!
— Nazira-pazirani bilmayman. Erimning telefoniga Eshmatov deb saqlangansan!
* * *
Qandolat mahsulotlari do‘koniga eski mijozlardan biri kirib sotuvchiga dedi:
— Xotinimning tug‘ilgan kuniga maxsus tort tayyorlab bersangiz!
— Shami nechta bo‘lsin?
— Nechta bo‘lardi? Har doimgidek 25 ta.
* * *
Taksilar to‘xtaydigan joyga yopishtirilgan e’londan:
— 31 dekabr kuni soat tungi 02: 00 da meni Markaziy bozor ko‘chasidagi uyimga olib borib qo‘ygan taksi haydovchisi! Sizga tushayotib ortiqcha haq to‘lab qo‘yibman! Zudlik bilan teri-tanosil xastaliklari vrachiga uchrashing!

Olimjon HAYIT tayyorladi

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuling umringiz uzayadi: Kun kulgusi...