21:06 / 19.05.2017
7 224

20 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

20 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yulduzlar sizga dunyoning barcha yaxshiliklarini va’da qilishgan. Bunday in’omdan bosh tortish jinoyatdir. Ammo ish joyingizda hamkasblar bilan munosabatlar har galgidek iliq kechmasligi mumkin. Bunday holatlarni esa hazil yordamida bartaraf eta olasiz. Kuling, kuldiring, umringizga umr qo‘shiladi. Kechqurunga yaqin sog‘lig‘ingizni ehtiyot qilish payida bo‘ling. Toza havoda yotishdan oldin sayr qiling. Kechqurun ham yoqimli, ham yoqimsiz xabar eshitishingiz ehtimoli bor.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 may kuni o‘z manfaatlaringiz uchun astoydil kurash olib borishingizga to‘g‘ri keladi. Hamkasblar sizni qanday yo‘l bilan bo‘lmasin chuv tushirishga urinish xavfi bor. O‘zingizni tutishda yangicha o‘zgarishlar yashang, dunyoqarashni turli usullar yordamida kengaytiring. Muhabbatda bugun ikkiyuzlamachilikdan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
20 may kuni prinsiplaringizga asoslangan holda harakatlar sodir eting. Ayniqsa, tadbirkor yoki tijoratchi bo‘lsangiz, prinsiplaringizsiz raqobatchilar sizni «g‘ajib» tashlashga tayyor bo‘lishadi. Shaxsiy hayotingizga o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi. Salomatligingizni mustahkamlash yo‘lida kurash olib boring.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun yulduzlar pullaringiz va qimmatbaho buyumlaringizdan tez-tez ko‘z-quloq bo‘lishni maslahat berishmoqda. O‘g‘rilar, firibgarlar ta’qibiga tushishingiz ehtimoli bor. Xarajatlarni boshqa kunga qoldiring. Bugun o‘tganlar haqiga duo o‘qish, sportning yengil, nafas bilan bog‘liq turlariga e’tibor qaratish xayrli kechadi. Kechqurun sutli mahsulotlar, vitaminga boy mevalar iste’mol qiling. Immunitetingiz ko‘tariladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
20 may kuni juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Siz yaxshilab mulohaza qiling, bunday sovuq munosabatlarning asl sababini aniqlang va undan keyin munosabatlarni iliqlashtirish harakatiga tushing. Bugun moliyaviy masalada omadingiz chopmaydigan bo‘lib turibdi. Shu narsa ham juftingizni ranjitishi turgan gap. Kechqurun albatta yolg‘iz qoling. Dam olasiz va ertangi kun uchun kuch yig‘asiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda nihoyatda hushyor turing. Ish joyingizda sizga nisbatan ba’zi hamkasblar sovuq munosabatda bo‘la boshlashi mumkin. E’tibor qilmang. Har kim bu hayotni bilganicha, imkoni etganicha quradi. Moliyaviy ahvolingiz ham bugun yaxshi kechmasligi mumkin. 20 may kuni sizga hech kim pul bermaydi. Lekin kechqurun yaqinlaringizdan kimdir sizga ajoyib sovg‘a hadya etadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
20 may kuni nuqul siz bilan janjallashaveradigan hamkasblar bilan munosabatlaringiz yaxshilanishi kutiladi. Demak, bugun asablaringiz qaqshamaydi, kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Jufti haloli bor do‘stlarimizni yulduzlar jiddiy ogohlantiradi. Qarama-qarshi jinsga oid, begonalar bilan yaqin munosabatga kirishmang. Oxiri voy bo‘ladi. Qo‘lingizda nima bo‘lsa, shularni ehtiyot qiling, xayolparastlikka barham bering. Sog‘lig‘ingiz siz uchun aziz sanalsa, ovqatlanish me’yorlariga amal qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun kunning birinchi yarmidanoq haqiqat izlashga tushasiz. Haqiqat bo‘lishi mumkin emas deb hisoblangan joylar ham nazaringizdan chetda qolmaydi. Yaxshisi ish bilan mashg‘ul bo‘ling. Shunda qisqa muddatda moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi. Oila qurmaganlarni esa bugun rosmana romantika kutadi. Salomatligingiz kechga borib biroz pand bera boshlashi mumkin. Oldini olib vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ysangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
20 may kuni ish joyingizda etarlicha sabr-bardoshga ega bo‘lishingiz talab etiladi. Shunda ba’zi hamkasblarning xurmacha qiliqlarini deb asabingizni buzmaysiz. Asosiysi, bo‘sh kelmang. Olis va yaqin masofaga qilinajak safar, sayohat va sportning faol turlari bilan shug‘ullanish muvaffaqiyat keltiradi. Pulingiz ham sezilarli darajada ko‘payadi. Bu sizga o‘zingiz uchun eng zarur buyumlar xarid qilish imkonini yaratadi. Sog‘lig‘ingizni saqlang, og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlar iste’mol qilmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun ishda jiddiy muammolarga duch kelasiz. Ularga qarshi kurashish uchun esa prinsipiallik zarur. Agar ish joyingizni o‘zgartirish niyatida bo‘lsangiz, bugundan qoldirmang. Yangi tanishuvlar, do‘stlar bilan suhbat bugun xayrli kechmasligi mumkin. Kechqurun madaniy hordiq chiqarish uchun qulay kechadi. Qo‘shnilardan biri bilan bahslashib qolishingiz kutiladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
20 may kuni erta tongdanoq belni bog‘lab yangi ishlarni uddalash harakatiga tushing. Yangi do‘stlar orttirish, kvartira sotib olish ham bugun yoqimli kechadi. Faqat bu ishlarni ertangi kunga qoldirmang. Muhabbatda ko‘nglingiz qulflarini olib tashlagan holda ish tuting. Shunda juftingizni yanada yaxshiroq taniy boshlaysiz. Xonadoningizga kechqurun uzoq yurtdan mehmonlar kelishi kutilmoqda.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 may kuni ishlaringiz baroridan kelmasligi, qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Agar janjal kuchaya borayotganini sezsangiz, orqa-ketingizga qaramay, tabiat qo‘yniga yo‘l oling. Salomatlikni mustahkamlash, yangi xobbi izlab topish va fitnes bilan shug‘ullanish uchun bugun qulay va muvaffaqiyatli kechadi. Yugurish mashqlari ham sizga ziyon qilmaydi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 20 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...