11:18 / 17.07.2017
6 358

Dasturlash haqida (bilmaganlarga)

Dasturlash haqida (bilmaganlarga)
Ko‘pchilik do‘stlarimdan sohamni dasturlashga o‘zgartirsammikin degan fikrlarni eshitaman. Ayniqsa, chet elga chiqqanlarning ko‘pchiligi bunday hayolga borgan. Ular uchun bu sohaning baland-pastini sohani o‘zgartirishdan avval bilish faqat foyda keltiradi degan o‘y bilan ushbu maqolani yozishga qaror qildim.

Dasturlash — bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganichalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik “farosatli” emas. Masalan, ukangiz yoki singlingizga juda oddiy tuyulgan choy damlashni 2 og‘iz so‘z bilan buyurasiz. Kompyuterga bunday sodda buyruq ketmaydi: choy damlash qanaqa jarayon ekanligini tushuntirishingiz, vazifani bajarish jarayonida qanday detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-chikirigacha tushuntirishingiz kerak. Menimcha, nima demoqchiligimni tushundingiz.

Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli bo‘lishi kerak. Rassom yoki haykaltarosh kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilib, ichkilikka berilganini kinolarda yoki hayotda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat ko‘p bo‘ladi:

Ishni topshirish muxlati juda yaqin lekin katta qismi hali tayyormas?

Kutilmagan muammo chiqdi va uni umuman echimini topolmayapsiz?

Ko‘pchilik dam olish kunlari dam oladi, yozda oromgohlarga ketadi. Sizda bunday imkoniyat judayam kam bo‘ladi. Sababi: tinimsiz o‘z ustingizda ishlashingiz, yangi narsalarni o‘rganishingiz kerak. Hindistonning bir shaharchasidagi yigit ham sizning raqobatdoshingiz. Bu soha umuman chegara bilmaydi.

Juda qo‘rqitib yubormadimmi?)) Endi yaxshi tomonlarini aytsam:

Hech biror narsa yaratib ko‘rganmisiz? Agar yaratmagan bo‘lsangiz, xafa bo‘lmangku, lekin bu dunyoga hali kelmapsiz?

Borgan sari bilimingiz ortib borayotganini, ustozim Shranet tariflari bilan aytganda, kompyuterning xudosiga aylanib borayotganingizni sezasiz.

Menimcha, agar ushbu xususiyatlar sizda bo‘lsa, siz dasturlash sohasiga o‘tishni eplaysiz:

Maktab paytingizda matematika, informatika yoki fizika kabi fanlarga qiziqqan va yaxshi o‘qigan bo‘lsangiz?

Qandaydir g‘oyangiz boru, uni o‘zingiz amalga oshirishni istaysiz?

Tasavvur qiling, bu soha “moda”dan qoldi va unaqa katta oylik ham to‘lanmay qo‘ydi. Shundayam o‘zgartirishni istasangiz (bunday deyishimga sabab dasturlashni boshlaganingizdan anchagacha yaxshi maosh olishdan umidingizni uzing)?

Umuman olganda, agar siz dasturlashni sevsangiz, bu erkaliklarini ko‘tarish unchalik qiyinmas (ichib-chekish ham shartmas).

Endi tasavur qilaylik, bu sizga qiyinday tuyulyapti: osonrog‘i va tezroq pul topish mumkin bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash kasblar yo‘qmi? Bor, bu haqida keyingi safar.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dasturlash haqida (bilmaganlarga)