21:54 / 13.09.2017
8 915

Munajjimlar bashorati: 14 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 14 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

14 sentyabr kuni ishda ham, shaxsiy hayot, muhabbatda ham faollik ko‘rsatishingizga to‘g‘ri keladi. Bugun sizga dangasalik do‘stlik qilmaydi. Vaziyatni ham tezlashtirishga urinmang. Yaxshisi, o‘z ishlaringiz bilan band bo‘ling, tinchgina pul topishingizni biling. Bugun olis safarga otlanish, tibbiy muolajalar olish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Kechqurun toza havo sayrini unutib qo‘ymang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Tadbirkor bo‘lsangiz, 14 sentyabr kuni barcha ish yuzasidan tashkil etiladigan uchrashuvlarni tushdan keyinga belgilang. Basharti yangi xabarlar tinglashni istasangiz, do‘stlar, tanishlarga emas, internetga murojaat eting. Moliyaviy jihatdan bugun baquvvatsiz. Yirik xaridlarni amalga oshirsangiz, do‘stlar bilan restoranda o‘tirib qaytsangiz ham yarashadi. Suyukli insoningizga sovg‘a xarid qilishni ham esdan chiqarmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

14 sentyabr kuni erta tongdan dardkash qidira boshlaysiz. Unga barcha tashvishlar, armonlaringizni to‘kib solgingiz keladi. Afsuski, topa olmaysiz. Qalbingiz sizga hamdard. Unga to‘kib soling boringizni. U o‘zgalar kabi siz uchun yasama qayg‘urishlarni o‘ylab topmaydi. Achinsa, rosmanasiga achinadi. Yo‘l ko‘rsatsa, faqat to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi. Bugun ishxonada rahbarlar ko‘ziga ko‘rinmay turganingiz ma’qul. Vaqtni shoshiltirmang. Omad kelsa ham, omadsizlik ilakishsa ham taqdirga tan bering.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun qarindosh-urug‘lardan biri bilan gap talashib qolasiz. Orangizda janjal kelib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Baxtga qarshi, bahslar, janjallar hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Qadrdonlarni ikki tarafga itqitib tashlay oladi xolos. Bosiq bo‘ling. Tafakkurga suyangan holda ish tuting. Sayohatga chiqadiganlar uchun 14 sentyabr juda maroqli kechadi. Salomatligingizni ehtiyotlang. Bugun vrach qabuliga kirish ham omadli kechadi. Kechqurun uyingizga sira kutilmaganda mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

14 sentyabr kuni ishxonangizda hamkasblar orasidagi turli g‘iybatga qorishiq suhbatga aralashib qolishdan saqlaning. Bu sizga faqat ziyon yetkazadi. Tadbirkorlar yaqin orada o‘ylab topilgan yangi loyiha befoyda ekanini anglab yetishadi. Afsuski, kech. Buyog‘iga mulohaza bilan fikrlashingizga to‘g‘ri keladi. Oila qurmaganlar esa muhabbatda muvaffaqiyatga erishishadi. Tanlaganingiz nihoyat sizga e’tiborsiz emasligini anglab yetadi. Asabni asrang. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, yo‘llarda ehtiyotkor bo‘ling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ishxonada hamkasblar oldidagi obro‘yingizni saqlang, bo‘lar-bo‘lmas gaplar gapirilishiga yo‘l qo‘ymang. Shu kunga qadar juda ko‘pchilikka foydangiz tekkan. Endi buyog‘iga o‘zingiz haqingizda ham o‘ylang. Ayollar, qiz-juvonlar go‘zallik saloniga borib kelishlari, o‘zlariga yoqqan kiyimlarni xarid qilishlari va tabiat qo‘ynida dam olib qaytishlari tavsiya etiladi. Buning uchun moliyaviy ahvolingiz arzirli darajada yaxshi bo‘ladi. Kechqurun bolalikdagi do‘stlar bilan uchrashib suhbatlashishingiz kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Oldiniga ish bilan bog‘liq o‘ylab topgan g‘oyalaringiz jo‘ndek tuyulsa-da, oradan ma’lum vaqt o‘tib adashmaganingizni anglab yetasiz. Kun davomida qo‘shimcha daromadli ishlarni taklif etishlari mumkin. Bu masalaga jiddiy e’tibor qarating, aks holda xatoga yo‘l qo‘yishingiz hech gap emas. Oila qurmaganlar bugun muhabbatda omadsizlikka yuz tutishadi. Tanlaganingiz ishonchingizni oqlamadi. Na iloj, boshqasini qidirishingizga to‘g‘ri keladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

14 sentyabr erta tongdayoq qarzlardan qutulish payida bo‘ling va keyin umuman qarz olmang. Qarz olganingiz sayin moliyaviy ahvolingiz tobora yomonlashib boraveradi. Shaxsiy hayotingizda g‘alati, tushunarsiz hodisalar sodir bo‘la boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Ularni alohida nazoratdan o‘tkazing. Shunda juftingiz va sizning orangizdagi munosabatlar mustahkamlana boshlaydi. Kechqurun salomatlikni ham bir nazoratdan o‘tkazib qo‘ying.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

14 sentyabr kuni omadga erishish yo‘lida hech qanday to‘siq sizga xalal bera olmaydi. Olg‘a bosing va ezgu niyatlaringizga yeting. Kayfiyatingiz va yuz tuzilishingiz shu qadar jiddiy tus oladiki, kattakondan kattakon muammolar ham ortga chekinayotganini payqaysiz. Kechqurunga borib o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz kutiladi. Darhol chorasini ko‘ring. Hoynahoy, shamollash, gripp boshlanish arafasida bo‘lsa kerak. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Kunning birinchi yarmida sizga juda serdaromad ish taklif etishlari mumkin. Darrov rozi bo‘ling. Bilim doirangizni kengaytirib, tajribani oshira borsangiz, yaqin kelajakda hamkasblarga qanchalar iste’dodli ekaningizni namoyish eta oladigan bo‘lasiz. Kechqurun do‘stlaringiz moliyaviy jihatdan yordam ko‘rsatishlari kutilmoqda. Lekin pul sarflashda juda ehtiyot bo‘ling. Ertangi kun haqida ham qayg‘urishni unutmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

14 sentyabr kuni ishlaringiz ham, xayollaringiz ham chalkasha boshlaganini his etasiz. Oldingizda qandaydir tushunarsiz to‘siqlar hosil bo‘lgandek tuyuladi. Aslida unday emas. Ishlaringiz tobida bo‘ladi. Faqat bo‘lmag‘ur xayollarni miyangizdan haydab sola bilsangiz bas. Kunning ikkinchi yarmida notanish ayol sizni pul bilan bog‘liq qaltis ishga taklif etishi mumkin. Rad eting. Kechqurun ruhiy holatingizni yaxshilash harakatida bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ulkan rejalar tuzgan bo‘lsangiz, ularni amalga oshirish vaqti yetdi. Qarshingizda to‘siqlar yo‘q. Hamkasblar orasida jiddiyroq bo‘ling. Yolg‘on muhabbat aldovlariga o‘ralashib qolishdan saqlaning. Oilasizlar ham bugun aldanishlari kutiladi. Yaxshisi, yolg‘iz qoling. O‘ylang, mulohaza qiling, ertangi kun haqida rejalar tuzing. Yaratgandan o‘zingizga, oilangizga omad so‘rang! Salomatligingizni ehtiyot qiling. Shamollab qolishdan saqlaning.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?