Kanadadagi Makmaster Universiteti olimlari haftada besh kun 30 daqiqalik jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa sabablar natijasidagi o‘lim xavfini kamaytirib, umrni uzaytirishini aniqlashdi. New Scientist nashri shu haqida ma’lum qildi.
Keng ko‘lamli tadqiqotda 17 mamlakatdan 130 ming kishi ishtirok etdi. So‘rovnoma davomida ko‘ngillilar hafta davomida necha marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini ko‘rsatishgan. Tadqiqot ishtirokchilari yetti yil davomida nazorat ostida bo‘lishgan, bu vaqt davomida kasallik va o‘lim holatlari darajasi qayd etib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga 150 daqiqani tez yurishga ajratuvchi kishilarda erta o‘lim holatlari xavfi 28 foizga kamayadi, 750 daqiqalik jismoniy faollik esa undan-da foydali bo‘lib, bu o‘lim ehtimolini 36 foizga kamaytiradi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yugurish, suzish bilan shug‘ullanish yoki sportzalga qatnash shart ham emas, shunchaki uylarni yig‘ishtirish yoki ishga piyoda borishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Agar tavsiyalarga hamma rioya qilsa, u holda har yetti yilda 8 foiz o‘lim holatlarining oldini olish mumkin bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 18-64 yoshdagi kishilarga har hafta kamida 150 daqiqani me’yoriy jismoniy faollikka va ikki kunni mushaklarni mustahkamlovchi mashqlarga qaratishni tavsiya qilishmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi