Munisa Rizayevaning “Bevafo” taronasi qisqa vaqtda shov-shuvga aylandi

Xonanda Munisa Rizayeva yana bir yangi ijod mahsuli bilan muxlislari diqqat markaziga chiqdi. Xonandaning “Bevafo” deb nomlangan yangi taronasi rasman tinglovchilarga taqdim etildi va qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Qo‘shiqda muhabbat, ishonch va xiyonat mavzusi ta’sirli musiqa va emotsional kayfiyat bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, muxlislar tomonidan iliq qarshi olinmoqda.
Qizig‘i shundaki, “Bevafo” taronasi hali to‘liq premera qilinmasidan avval ham Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda omma e’tiboriga tushishga ulgurgan edi. Qo‘shiqning qisqa parchalari va videolari internet foydalanuvchilari orasida tez tarqalib, ko‘plab blogerlar va muxlislar tomonidan ishlatildi. Ayrim foydalanuvchilar esa ushbu tarona yilning eng mashhur qo‘shiqlaridan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!