17:58 / 20.10.2017
7 816

Jahongir Ahmedov o‘zbek kinosining muammosini aytib berdi

Jahongir Ahmedov o‘zbek kinosining muammosini aytib berdi
Kinorejissyor Jahongir Ahmedov o‘zbek kinosining bugungi kundagi muammosi haqida gapirdi. Bu haqda rejissyor o‘zining Instagramdagi sahifasida yozdi. Bu haqda UZ24 nashri xabar berdi.

Unda bayon qilinishicha, Jahongir Ahmedovni kino haqidagi ko‘rsatuvga taklif qilishgan va unda jurnalist “Bugungi kunda o‘zbek kinosining muammosi nimada? Faqat olib qochmang, borini gapiring!”, deya savolni keskin qo‘ygan. Rejissyor bunga quyidagicha javob bergan:

“Muammo — hammamiz o‘zimizni "daho" bilishimizda! Katta avlod ham "daho", o‘rta avlod ham "daho", kichik avlod esa "buyuk"! Lekin Prezident film so‘ragan paytda "biz hali sizga ko‘rsatishga arzigulik film yarata olmadik", deb uzr so‘radik. Ustozlar yoshlarni tan olishmaydi, yoshlar esa qandaydir alamzada, o‘zlariga keragidan ortiq baho berib yuborishgan”.


Jahongir Ahmedov, shuningdek, “O‘zbekkino” Milliy agentligida tez-tez rahbar almashishi sababiga ham to‘xtalib o‘tgan:

“Nima deb o‘ylaysiz, "O‘zbekkino"da nega bosh direktor o‘zgaraveradi? Chunki biz unga ishlashga bermaymiz. Ustidan yozamiz, ostidan yozamiz, ketmagunicha qo‘ymaymiz. Boshqa sohadan bo‘lsa, bu kinoni tushunmaydi, deymiz, kinochi bo‘lsa, o‘zini dunyoqarashini o‘tkazyapti, qani ijod erkinligi, deymiz. Nega? Chunki, hammamiz eng yaxshisi deb faqat o‘zimizni tan olamiz! "Eng yaxshi rahbar kim bo‘lishi mumkin? Albatta men! Eng yaxshi rejisyor kim? So‘zsiz men! Eng yaxshi film ham meniki! Eng yaxshi ssenariy? Meniki! Men, men, men, men!!! Shuning uchun ham "MEN" boshqa ijodkorlarni tan olmayman, to‘g‘rirog‘i, tan ololmayman! Bu meni "MEN"imga to‘g‘ri kelmaydi. Bir-birimizni pisand qilmaslik bilan, burchak-burchaklarda pichirlashish bilan nimaga erishmoqchimiz?”, — deydi rejissyor.


Kinorejissyor fikrining so‘ngida davlat tomonidan, Prezident tomonidan kino sohasiga katta e’tibor va imkoniyatlar berilayotgan, xalq kinoijodkorlardan katta filmlar kutayotgan bir vaqtda, kinochilar mayda gaplar bilan ovora bo‘lib yurgani alamli, hatto uyatli ekanini aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Ahmedov o‘zbek kinosining muammosini aytib berdi