19:29 / 27.10.2017
6 574

Hilol Nasimov lavozimidan ozod qilindi

Ҳилол Насимов лавозимидан озод қилинди
2017 yil 27 oktyabr kuni «O‘zbekfilm» aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilindi. Bu haqda «O‘zbekkino» axborot xizmatiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Korxonani sog‘lomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Hilol Nasimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan «O‘zbekfilm» AJ direktorligi lavozimidan ozod qilindi.

Shu bilan birga, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hilol Nasimov lavozimidan ozod qilindi