11:49 / 28.10.2017
8 676

"O‘zbekkonsert"da san’atkorlarning kiyinish va muomala madaniyati mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

"Ўзбекконцерт"да санъаткорларнинг кийиниш ва муомала маданияти мавзуларида давра суҳбати бўлиб ўтди
27 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning odobi, kiyinish, muomala madaniyatlari mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligining matbuot xizmatiga tayanib Uz24 xabar beradi.

Unda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov, O‘zbekiston Xalq artistlari G‘ulomjon Yoqubov, Munojot Yo‘lchiyeva, Nasiba Abdullayeva, Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, estrada xonandalari Munisa Rizayeva, Jasur Umirov, Shahlo Ahmedova, Kaniza, Erkin Xudoyqulov, Dilafruz Hayitmetova, Shahriyor, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida san’atkorning sahnaga avvalo faqat tashqi ko‘rinish uchun emas, balki ijro etayotgan asariga, tomoshabinlar auditoriyasiga, mentallitetga xos bo‘lgan libosda chiqishi maqsadga muvofiqligi, muomala madaniyati esa uning yuzi, qiyofasini ochuvchi katta kuch ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "O‘zbekkonsert"da san’atkorlarning kiyinish va muomala madaniyati mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi