21:52 / 28.10.2017
8 201

Ozodbek Nazarbekov yosh xonandalarning muomala madaniyatini tanqid qildi

Ozodbek Nazarbekov yosh xonandalarning muomala madaniyatini tanqid qildi
Kecha, 27 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida yurtboshimizning 2017 yil 3 avgustdagi mamlakatimiz ziyolilari bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida san’atkorlarning odobi, kiyinish, muomala madaniyatlari mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov, O‘zbekiston Xalq artistlari G‘ulomjon Yoqubov, Munojot Yo‘lchiyeva, Nasiba Abdullayeva, Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, estrada xonandalari Munisa Rizayeva, Jasur Umirov, Shahlo Ahmedova, Kaniza, Erkin Xudoyqulov, Dilafruz Hayitmetova, Shahriyor, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida san’atkorning sahnaga avvalo faqat tashqi ko‘rinish uchun emas, balki ijro etayotgan asariga, tomoshabinlar auditoriyasiga, mentallitetga xos bo‘lgan libosda chiqishi maqsadga muvofiq ekanligi ustoz san’atkorlar tomonidan e’tirof etildi. Qolaversa, muomala madaniyati san’atkorning yuzi ekanligi, uning qiyofasini ochuvchi katta kuch ekanligi yana bir bor eslatildi. Chunki san’atkorlarga nisbatan xalqda salbiy munosabat uyg‘otuvchi jihatlar aynan yuqoridagi omillarga bog‘liqligi sir emas, kimningdir nojo‘ya hatti-harakati butun san’at ahliga malomat keltiradi.

Shuningdek, san’atkorlar orasida samimiy do‘stlik muhitini shakllantirishda do‘stlik klublari, uchrashuvlar tashkil etishning ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov yosh xonandalarning muomala madaniyatini tanqid qildi