17:32 / 26.11.2017
7 342

Aktyor Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi

Aktyor Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi
AQShlik mashhur aktyor Rens Xovard 89 yoshida olamdan ko’z yumdi. Bu haqida uning o’g’li Ron Xovard ma’lum qilgan.

Ronning aytishicha, uning otasi hamisha nafsoniyat va yuksak darajadagi odob-ahloq muvozanatiga amal qilish iqtidori bilan ajralib turgan. Shuningdek, rejissyor otasining aktyorlik san’atiga bo’lgan intilishi oilaning boshqa a’zolari taqdirida ham asosiy rolni o’ynaganini aytib o’tdi.

Rens faoliyati davomida 270 dan ortiq rollar ijro etgan va so’nggi yillarda faqat o’g’lining filmlarida suratga tushgan. Ular orasida “Appolon 13”, “Nokdaun”, “Aql o’yinlari” filmlari juda mashhur, deydi “Rg.ru” nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi