17:32 / 12.12.2017
20 872

Obid Asomov “Zo’r tv” telekanalining “Xontaxta” ko‘rsatuvini qattiq tanqid qildi

Obid Asomov “Zo’r tv” telekanalining “Xontaxta” ko‘rsatuvini qattiq tanqid qildi
Shu bilan birga facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham “Xontaxta” ko‘rsatuvi efirga uzatiladigan “Zo’r tv” kanaliga nisbatan noroziliklar paydo bo‘lgan.

Quyida e’tiboringizga foydalanuvchilarning e’tirozli fikrlarini keltiramiz.
“So‘nggi 1-2 yil ichida yurtimizda so‘z erkinligi, tadbirkorlik deganday «Zo’r tv» degan bir telekanalga asos solindi. Bugungi kunda lof bo‘lsa ham mamlakat yoshlarining aksariyat qismi shu telekanal “mijozi”. Men bu kanalning saviyasi haqida hech narsa demayman, faqat dasturlarining nomlarini sanab o‘taman. Xulosani o‘zingiz chiqarib olavering!
1. “Adrenalin – shou”;
2. “Time of”;
3. “Real xit”;
4. “Bojalar community”;
5. “Garderob”;
6. “Kinotime”;
7. “Indigo”;
8. “Cover up” va hokazo.
Bu jonajon O‘zbekistonimizdagi o‘zbek tilida “faoliyat olib boradigan” telekanalning dasturlari ro‘yxati. Mening bechora ona tilim! Men seni har yili 21 oktyabr yaqinlashsa, esga olaman, maqtayman, kerak bo‘lsa onam deyman! 22 oktyabrdan yana senga “oq” bo‘laman!”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Obid Asomov “Zo’r tv” telekanalining “Xontaxta” ko‘rsatuvini qattiq tanqid qildi