12:30 / 19.12.2017
8 328

Enrike Iglesias Toshkentda konsert beradi

Enrike Iglesias Toshkentda konsert beradi
Avvalroq, dekabr oyida O‘zbekistonda uch jahonga taniqli musiqa san’ati yulduzlari kotsnert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik.

15 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ingliz xonandasi Robbi Uilyamsning tarbiya, madaniyat va ma’naviyatdan yiroq konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

17 dekabr kuni klassik san’at shinavandalari, operani qadrlaydiganlar “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyiga, taniqli opera ustasi, nodir tenor Xose Karrerasning konsert dasturiga jam bo‘ldilar.

Avvalgi xabarlarda aytilganidek, dekabr oyida konsert dasturi kutilayotgan uchinchi xorijlik yulduz nomi sir tutilayotgan edi. Va nihoyat uning nomini oshkor etish vaqti ham keldi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasidan xabar qilishlaricha, 28 dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida taniqli ispan xonandasi Enrike Iglesias konsert dasturini taqdim etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Enrike Iglesias O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda. Uning otasi, jahon yulduzi Xulio Iglesias 2008 yil Gulnora Karimova taklifi bilan Toshkentga tashrif buyurib, konsert dasturini taqdim etgandi. O‘shanda Xulio Iglesias Gulnora Karimova bilan “Besame mucho” qo‘shig‘ini duet ko‘rinishida kuylagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Enrike Iglesias Toshkentda konsert beradi