10:26 / 08.01.2018
6 322

Parijda “Yevrovidenie” tanlovi g’olibasi, xonanda Frans Gall vafot etdi

Парижда “Евровидение” танлови ғолибаси, хонанда Франс Галль вафот этди
Fransiyaning Parij shahrida taniqli xonanda Frans Gall 70 yoshida vafot etdi. Xabarda aytilishicha, xonanda onkologik kasallik sabab olamdan ko’z yumgan.

Dekabr oyining o’rtalarida xonandaning ahvoli yomonlasha boshlagan va kasalxonaga keltirilgan. Hayotining so’nggi kunlarida esa hushiga kelmagan.

Frans Gall 1965 yili Lyuksemburgda o’tkazilgan “Yevrovidenie” tanlovida “Poupee de Cire, Poupee de Son” qo’shig’i bilan g’oliblikka erishgach haqiqiy yulduzga aylangan edi. 1974 yildan mashhur bastakor hamda xonanda Mishel Berje bilan hamkorlik qila boshlagan va unga turmushga chiqqan.

Xonanda o’z faoliyati davomida 8 ta albomni muxlislarga taqdim etgan va 1997 yili rasmiy ravishda sahnadan ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Parijda “Yevrovidenie” tanlovi g’olibasi, xonanda Frans Gall vafot etdi